Sonni 1 oylik armiyada nimalar kutmoqda?
07 apr 2020 20:05
Yangiliklar


Sonni 1 oylik armiyada nimalar kutmoqda?
Janubiy Koreyaning dengiz piyoda qo'shinlari vakili “Tottenxem” forvardi Son Xyon Min 4 haftalik harbiy mashg'ulotlarda nima bilan mashg'ul bo'lishini oshkor qildi
“Armiyaga kelgandan keyin, miltiqdan o'q otasiz, ko'zdan yosh keltiruvchi gazdan nafas olasiz, erni aylangan va sudralgan holda janglarda (ko'rgazmali) qatnashasiz. Marsh-yo'lida esa yangi kelganlar 40 kg yukni olib yurishlari lozim, ammo o'quv dasturiga qarab ekipirovkalarni engillashtirish mumkin”, deya harbiyning so'zlarini keltiradi Reuters.
J.Koreya qonunlariga ko'ra, erkaklar 28 yoshga qadar 21 oylik harbiy xizmatga borishi shart hisoblanadi. Biroq, Son 2018 yil mamlakat termasi bilan Osiyo o'yinlarda zafar quchdi va shu bois bundan qutulib qolgandi. Biroq,shunda ham u harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlarida qatnashishi kerak bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi may oyida “shporlar” bazasiga qaytib keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar