So'nggi "oq bo'ri"
14 jan 2024 15:01
Yangiliklar
So'nggi "oq bo'ri"
O'zbekiston shu tariqa rasmiy o'yinlarda 180 daqiqadan beri Suriya darvozasiga yo'l topa olmayapti
O'zbekiston rasmiy uchrashuvlar doirasida oxirgi marotaba 2016 yil JCH-2018 saralashi doirasida Suriya darvozasini ishg'ol qilgan, Toshkentda kechgan o'yinda g'alaba goliga Aleksandr Geynrix mualliflik qilgandi. 2017 yil Malayziyada o'tgan javob o'yinida raqib 1:0 hisobida g'alabani tantana qilgan.
O'zbekiston - Suriya - 1:0
01.09.2016. "Bunyodkor" stadioni, Toshkent. 29411 tomoshabin.
JCH-2018 saralashi. Uchinchi bosqich. 1-tur.
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Gol: Aleksandr Geynrix 73.
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Azizbek Haydarov (Javohir Sohibov, 67), Server Jeparov, Odil Ahmedov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 56), Igor Sergeev, Eldor SHomurodov.
Suriya - O'zbekiston 1:0
23 mart 2017. Malayziya. Malakka. "Hang Jebat Stadium" stadioni. 17:00
Gol: Omar Xrbin 90
Hakamlar: Abdulla Muhammad Hasan, Muhammad al-Hammadiy, Hasan al-Mahriy, Ahmad Hamis al-Naqbiy (barchasi BAA)
Nazoratchi: Edvard MakGregor (Avstraliya)
Komissar: Xin CHyong (Gong Kong)
Fikrlar