So’nggi yangiliklar

19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  1 17:47Ўзга олам вакиллари  4 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  7 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  6 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  5 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  2 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  6 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  19 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  13 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4

So'nggi daqiqalardagi gollar evaziga Hindiston U-23 mag'lub etildi Yangiliklar

So'nggi daqiqalardagi gollar evaziga Hindiston U-23 mag'lub etildi

Bangladeshdagi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston - Hindiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston U-23 - Hindiston U-23 - 2:0
Gollar:
Igor Sergeev 87, - 1:0. Vladimir Kozak 90+3, - 2:0.

O'zbekiston U-23:
1.Akmal Tursunboev, 2.Akromjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 7.Vladimir Kozak, 8.Abdulloh Olimov, 10.Jamshid Iskanderov (16.Javohir Rasulov, 90), 11.Igor Sergeev, 13.Hasan Asqarov, 17.Alisher SHog'ulomov (6.Abbos Maxstaliev, 60), 23.Diyorjon Turopov (19.Jaloliddin Masharipov, 70).

Zaxira:
5.Xurshid Muxtorov, 12.Abror Karimov, 14.Javlon Mirabdullaev, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 20.Muhsin Ubaydullaev, 21.Abdumavlon Abdujalilov, 22.Timur Ayupov, 29.Nikita Pavlenko, 33.Jasurbek Hakimov.

Hindiston U-23:
1.Amrinder, 2.Pritam Kotal, 3.SHankar Sampingiraj, 5.Dipak, 6.Siam Xangal, 9.Xoli CHaran Narzari (19.Xaokip Togxosiem, 87), 26.Abinash Rui Das, 33.Germanprit Singx, 37.Bikramjit Singx, 46.Rai Vinit (13.Manish, 80), 48.Jayish Dilip Rane.

Zaxira:
4.Sandesh,12.Nikxil Kadam, 17.Prabir Das, 20.Sumit Passi, 23.Rajinder Kumar, 25.Rexenesh Txumbirumbu Paramba, 35.Albino Jiovanni Gomes, 38.Satish Singx, 45.Meitei Yendrembam Denechandra. 


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                             
YANGILASH

90+4. Uchrashuv tugadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashini qiyin lekin muhim g'alaba bilan boshladi.

90+2. Igor Sergeev himoyachidan to'pni olib qo'ydi va Kozakka to'pni oshirdi, Vladimir osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi - 2:0.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:0! VLADIMIR KOZAK!

90.
O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. O'zgarish. O'zbekiston.
Jamshid Iskanderov o'rniga Javohir Rasulov maydonga tushdi

87. Burchakdan Iskanderov to'pni jarima maydoniga uzatdi, darvozabon to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, to'pni Sergeev darvozaga yo'lladi - 1:0.

87.GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEEEEEEEV! 1:0!

85.
Vakillarimiz gol urish uchun katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda, zarbalar darvozaga etib bormayapti!

80. O'zgarish. Hindiston.
Rai Vinit o'rniga Manish tushdi

77. DARVOZA USTUNI! Masharipov to'pni Kozakka oshirdi, Vladimirning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Maxstaliev darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytadi!

73. ZARBAAAA! Igor Sergeevning zarbasi noaniq chiqdi!

69. O'zgarish. O'zbekiston.
Diyor Turopov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi

65.
Hasan Asqarov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Turopovning bergan zarbasini darvozabon egallab oldi.

62.
Hindlar burchak to'pini amalga oshirishdi, bosh bilan berilgan zarba xavfli lekin noaniq chiqdi

60. O'zgarish. O'zbekiston
tarkibida Alisher SHog'ulomov o'rniga Abbos Maxstaliev maydonga tushdi

57.
SHog'ulomovning bergan zarbasi noaniq ketdi.

55. Qanday vaziyat!
Himoyachilarimiz Dipakni o'tkazib yuborishdi, uning zarbasi yaxshiyam noaniq ketdi!

52. XAVFLI VAZIYAT! Komilovning chap qanotdan uzatgan to'pini Sergeev boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Rahmonov darvozaga yo'llay olmadi!

50. ZARBAAAAAAAAA! Hindlarning navbatdagi hujumi! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarbadan so'ng Tursunboev to'pni qaytardi!

48. Xavfli vaziyat!
Jayish Dilip Ranening zarbasi juda va juda xavfli chiqdi! Salgina noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45+2. Birinchi bo'lim tugadi

45+1. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Igor Sergeev

45.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

42.
SHog'ulomov Sergeevga to'pni uzatdi, Igor to'pga ulgurmadi

38.
Diyor Turopov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Iskanderov zarba bera olmadi

34.
Tursunboev hujumchilarga to'pni oshirdi, SHog'ulomov to'pga eta olmadi

32.
O'yin maydon markazida kechmoqda. Xavfli hujumlar yo'q.

28.
Turopov raqib posboni bilan to'qnashib ketdi, Amrinderga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

26. ZARBAAAAAAAAA! Jamshid Iskanderovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, lekin Amrinder o'z o'rnida.

23.
Germanprit Singxning zarbasi xavfli chiqdi, noaniq

19.
Hindlar hujum tashkil qilishmoqda. Himoyachilarimiz pala partish harakat qilishmoqda 

15. ZARBAAAAAAAAAAAA! Qanday zarba hindistonlik Siam Xangxalning zarbasini Akmal Tursunboev qaytardi!


11.
Jamshid Iskanderov ajoyib pas berdi, Turopov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

8. Xavfli vaziyat!
Hindistonliklar burchak to'pini amalga oshirishdi. Akmal Tursunboev to'pni qaytarishga xatoga yo'l qo'ydi, sal qolsa to'p darvozaga kirib ketardi...

6. Yana bir hujum. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Diyor Turopov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida

4. ZARBAAAAAAA! Xavfli vaziyat! Sergeevning pasidan so'ng SHog'ulomov zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi


2. Ilk hujumni vakillarimiz o'ng qanotdan tashkil etishdi. Jarima maydoniga oshirilgan to'p noaniq ketdi

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика