So'nggi daqiqalarda biz ham yuta olamiz!
12 jan 2014 19:53
Yangiliklar

So'nggi daqiqalarda biz ham yuta olamiz!
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati (U-22) birinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Xitoy bilan to'qnash keldi.
YANGILASH
Uchrashuvdagi hisob 34-daqiqada xitoyliklar tomonidan ochildi. Yang CHaosheng jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg'ol qila oldi. Himoyachilar uni yolg'iz qoldirishdi - 0:1.
Ikkinchi bo'limda to'liq tashabbusga ega bo'lgan futbolchilarimiz o'yin so'nggida buning uchun rag'batlantirilishdi. 90-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to'pni Fomin darvozaga to'g'irladi, uning orqasida turgan Egor Krimec boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:1. Oradan ikki daqiqa o'tib Iskanderovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Sergeev darvozaga yo'lladi - 2:1.
SHu tariqa, SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqani irodali g'alaba bilan boshladi.
O'ZBEKISTON U-22 - XITOY U-22 - 2:1 (0:1)
2014 yil 12 yanvar. 18:00. Sib. "Seeb Sport Complex"
Hakamlar: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya), Kvang Yol (Janubiy Koreya), Denie Hematunga (SHri-Lanka), Iida Jumpey (Yaponiya).
Gollar: Yang CHaosheng 34, - 0:1.Egor Krimec 90, - 1:1.Igor Sergeev 90+2, 2:1.
O'zbekiston: 1.Akmal Tursunboev, 18.Maksimilian Fomin, 2.Egor Krimec (s), 14.Bobur Yo'ldoshev, 7.Vladimir Kozak, 4.Dilshod Jo'raev, 6.Abbos Maxstaliev, 8.Sardor Sobirxo'jaev (9.Sardor Mirzaev, 55), 10.Jamshid Iskanderov, 23.Sardor Rashidov, 17.Igor Sergeev.
Zaxira: Asilbek Omonov, Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Rahmonov, Javlon Mirabdullaev Akbar Ismatullaev, Diyor Turopov, Muhsinjon Ubaydullaev, Abdulaziz Yusupov
Xitoy: 1.Fang Jingsi, 4.Li Ang, 5.SHi Ke (s), 6.Vang Tong, 9.Li Yuanyi, 10.Luo Senven (21.Lyu Bin Bin, 70), 11.Yang CHaosheng, 13.Guo SHeng (2.Li Song Yi, 46), 14.Guo Xao (7.Xu Ksin, 56), 17.Sie Pengfei, 22.U Sinxan.
Nazoratchi: Subhiddin Mohd Solih (Malayziya)
Komissar: Mazin Ramazon (Eron)
Matnli translyaciya
G'alaba, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatini irodali g'alaba bilan boshladi.
90+3 daqiqa. Iskanderovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Sergeev darvozaga yo'lladi - 2:1.
90+2 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SERGEEV!!!
90 daqiqa. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Fomin darvozaga to'g'irladi, uning orqasida turgan Egor Krimec boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:1.
90 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOL. KRIMEC!!!
89 daqiqa. Xitoylik futbolchi to'pni qo'li bilan to'xtatdi. Jarima to'pini Mirzaev darvozaga yo'lladi, darvoza o'z o'rnida.
88 daqiqa. Rashidov to'pni to'xtata olmadi va hujum barbod bo'ldi.
87 daqiqa. Xitoyliklar ham hujumga o'tishdi. Ular ham darvozaga zarba berishni istashmadi, vaziyat biz uchun ijobiy tugadi.
87 daqiqa. Rashidov to'pni ajoyib tarzda oshirdi, Sergeevning zarbasi biroz noaniq ketdi. Fomin darg'azab.
86 daqiqa. Hakam darvozabon to'pni o'zida ko'p ushlab turgani uchun erkin zarba belgiladi. Futbolchilarimiz uni tezda amalga oshirishdi, biroq zarba noaniq bo'ldi.
85 daqiqa. Ogohlantirish. Xitoy. Fang Jingsi
85 daqiqa. Jamshidning paslari o'xshamayapti, hujumchilar unga eta olishmayapti.
84 daqiqa. Iskanderov burchak to'pini amalga oshirdi, biroqa futbolchimiz to'pni oldirib qo'ydi
82 daqiqa. Abbosning zarbasi aniq bo'ldi, lekin kuchsiz...
81 daqiqa. Ogohlantirish. Xitoy. Li Ang
80 daqiqa. Sardor Rashidov ham o'zini sinab ko'rdi, uning zarbasi ham darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
79 daqiqa. Kozak darvozaga zarba yo'lladi, biroq 25 metrlardan yo'llagan to'p ancha balanddan ketdi.
79 daqiqa. So'nggi daqiqalarda O'zbekiston katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, xitoy butunlay himoyada
78 daqiqa. Qarshi hujumga o'tdik, biroq Iskanderovning to'p uzatishini noaniq bo'ldi. Natijada xitoyliklar oldinga o'tishdi, hozirgina maydonga tushgan Lyu Bin Bin darvozaga zarba berdi, hayriyat noaniq.
77 daqiqa. Ogohlantirish. Xitoy. SHi Ke
75 daqiqa. Burchak to'pidan so'ng Krimec boshi bilan darvozani nishonga oldi, noaniq.
74 daqiqa. Xitoylik U Sinxan futbolni voleybol bilan adashtirib yuborgani uchun jarima to'piga ega bo'ldik. Sardor Rashidovning kuchli va aniq zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi.
73 daqiqa. Ogohlantirish. Xitoy. Yang CHaosheng
72 daqiqa. Xitoyliklar jarima to'pini amalga oshirishdi, himoyachilarimiz bir amallab to'pni qaytarishdi
71 daqiqa. Ogohlantirish. O'zbekiston. Sardor Mirzaev
70 daqiqa. O'zgarish. Xitoy. Luo Senven o'rniga Lyu Bin Bin maydonga tushdi
68 daqiqa. Juda xavfli! Iskanderov jarima maydoni ichida o'zidan qulayroq vaziyatda turgan Rashidovga to'p oshirdi, biroq Sardorning kuchli zarbasidan so'ng gol bo'lmadi... noaniq.
66 daqiqa. Jarima maydoni ichiga oshirilgan to'pni xitoylik posbon ushlab qoldi, agar to'p o'tganida Abbos tayyor edi.
65 daqiqa. Yang CHaosheng tomonidan berilgan zarbadan so'ng Tursunboev to'pni egallab oldi.
63 daqiqa. Xitoy qarshi hujumda, O'zbekiston esa asosan hujumda o'ynamoqda.
60 daqiqa. Xavfli vaziyat! Sergeev tomonidan oshirilgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sardor Mirzaev darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi!
59 daqiqa. Iskanderov chap qanotdan oldinga o'tgan Maxstalievni ko'ra oldi, Abbos jarima maydoni ichiga kirib bordi, himoyachini chalg'itdi va zarba berdi, biroq to'p juda sekin darvozaga bordi.
57 daqiqa. Xavfli vaziyat. Dilshod Jo'raev jarima maydoni ichidan darvozaga zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi
56 daqiqa. O'zgarish. Xitoy. Guo Xao o'rniga Xu Ksin maydonga tushdi
54 daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Sardor Mirzaev maydonga tushdi
52 daqiqa. Ogohlantirish. Xitoy. U Sinxan
51 daqiqa. Maxstalievning to'p uzatishidan so'ng Sergeev boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'pni darvozabon ushlab oldi.
50 daqiqa. Futbolchilarimiz hujumkorlikni oshirishmoqda. Asta sekin oldinga o'tayapmiz.
49 daqiqa. Xavfli vaziyat! Rashidovning to'p uzatishidan so'ng Sergeev darvozaga kuchli zarba berdi, to'p darvozaning to'riga tashqi tomondan tegdi. Keyingi vaziyatda ham Sergeevda imkoniyat bo'ldi, biroq zarba berishda biroz noaniq harakat qildi.
48 daqiqa. Jarima to'pidan so'ng xitoylik himoyachilar to'pni qaytarishdi.
47 daqiqa. Ogohlantirish. Xitoy. Li Song Yi.
47 daqiqa. Rashidov hozirgina maydonga tushgan futbolchini aldab o'tib ketayotganini qo'pollik bilan to'xtatdi.
46 daqiqa. O'zgartirish. Xitoy. Guo SHeng o'rniga Li Song Yi tushdi
45+2 daqiqa. Raqiblar Rashidovni yiqitishdi, hakam jarima zarbasini amalga oshirishga imkon bermadi. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+1 daqiqa. Tursunboev raqib hujumini to'xtata oldi.
45 daqiqa. Xitoyliklar to'pni o'zlarida saqlab turishibdi, asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berildi.
42 daqiqa. Dilshod Jo'raev jarima to'pini amalga oshirdi, Fomin hujumda qoida buzdi.
39 daqiqa. Burchak to'pidan so'ng xitoyliklar to'p kiritishdi, biroq hujumchi gol urishdan oldin qo'li bilan Sergeevni turtib yuborgani uchun hakamlar golni inobatga olishmadi.
37 daqiqa. Xavfliya vaziyat! Xitoyliklar yana gol urishlari mumkin edi. U Sinxan jarima maydoni ichiga kirib bordi va sherigiga to'p uzatdi. Li Yuanyi tomonidan yo'llagan zarbadan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
35 daqiqa. Sobirxo'jaev oldiga o'tishga intildi, raqiblar yana uni maydonga yiqitishdi.
34 daqiqa. GOL. Yang CHaosheng jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg'ol qila oldi. Himoyachilar uni yolg'iz qoldirishdi.
33 daqiqa. Xitoyliklar burchak to'pi ishlab olishdi, himoyachilarimiz o'z o'rinlarida.
31 daqiqa. Xavfli vaziyat! Luo Senven 18 metrlardan darvozamizga zarba berdi, erlatib tepilgan to'pni Tursunboev qaytarishga erishdi.
30 daqiqa. Bobur Yo'ldoshev faol! O'ng qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga to'p uzata oldi. Sergeevdan o'tib ketgan to'p Rashidovning qo'liga tegdi, hakam hushtak chaldi...
29 daqiqa. O'yin davom etadi, barchasi joyida Sardor maydonga qaytdi.
27 daqiqa. Sobirxo'jaev maydon markazida raqib bilan to'qnashib ketdi, shifokorlar unga yordam berishadi.
25 daqiqa. Rashidov 20 metrlardan darvozaga zarba berib ko'rdi, Yo'q, bu safar ham o'xshamadi.
24 daqiqa. To'p bilan vakillarimiz, biroq hujumga o'tishga imkon berishmayapti.
21 daqiqa. CHap qanotga o'tib olgan Maxstaliev jarima maydoniga ichiga to'p oshirdi, himoyachilar to'p Sergeevga borishiga yo'l qo'yishmadi
19 daqiqa. Rashidovning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvozaga bordi, lekin darvozabon o'z o'rnida
17 daqiqa. Dilshod Jo'raev o'zini ko'rsatdi. 4-raqamda o'ynayotgan yarim himoyachimiz xitoylik futbolchidan to'pni ajoyib tarzda olib qo'ydi, raqib buni kutmagandi
16 daqiqa. Krimecning xatosidan so'ng raqiblar qarshi hujum tashkil qilishdi, yaxshiyam noaniq.
15 daqiqa. Sie Pengfei chamasi 16 metrlardan darvozaga zarba berdi, to'p Tursunboev tomonidan ushlab qolindi
13 daqiqa. Iskanderovning amalga oshirgan zarbadan so'ng to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
12 daqiqa. Abbos Maxstaliev jarima maydoni yonginasida Guo SHeng tomonidan yiqitildi.
11 daqiqa. Iskanderov uzun dioganal orqali Rashidovga to'p uzatdi, jarima maydoni ichida to'pni egallab olgan Sardor darvozaga noaniq zarba berdi. Xavfli edi zarba.
10 daqiqa. O'zbekistonning markazdan tashkil etgan hujumi oxiriga etgani yo'q.
9 daqiqa. Bobur Yo'ldoshev bugun o'ng qanot himoyachisi o'rnida harakat qilmoqda.
8 daqiqa. Yo'ldoshev o'ng qanotdan oldinga o'tdi va burchak to'pi ishladi. Iskanderovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Fang Jingsi mushtlari bilan qaytarib yubordi.
7 daqiqa. Xitoyliklar ancha erkin tarzda o'ynashmoqda. Ximoyachilarimiz ancha ko'p ish qilishmoqda.
5 daqiqa. Xavfli vaziyat! Rashidov chap qanotdan oldingi o'tdi va jarima maydoniga kirib bordi. Jarima maydoni markazida turgan Sergeevni to'p bilan taminladi. Biroq Igor to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi.
4 daqiqa. Luo Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pol o'ynadi va hujum to'xtadi.
2 daqiqa. Burchak to'pini himoyachilarimiz qaytarishdi. Vakillarimizning tezkor qarshi hujumi maydon markazida to'xtab qoldi.
1 daqiqa. Xavfli vaziyat! Xitoyliklarning ilk hujumi juda xavfli tarzda yakunlandi. Yang CHaoshengning zarbasini Tursunboev qaytardi.
18:00. O'YIN BOSHLANDI!
17:58. Uchrashuvni xitoyliklar boshlab berishadi. O'zbekiston oq, Xitoy qizil rangli libosda o'ynaydi.
17:56. Jamoalar esdalik uchun suratga tushishmoqda.
17:54. Navbat Xitoy davlat madhiyasiga.
17:53. O'ZBEKISTON davlat madhiyasi!
17:52. Jamoalar maydonga tushib kelishdi

Fikrlar