So'nggi 5 yilda transferlar bo'yicha APLda qaysi klub ko'proq mablag' ishlatgani malum bo'ldi
08 iyu 2020 20:10
Yangiliklar


So'nggi 5 yilda transferlar bo'yicha APLda qaysi klub ko'proq mablag' ishlatgani malum bo'ldi
"Sunday World" jurnalisti Kevin Palmer "Transfermarkt.co.uk" sayti malumotlariga asoslanib, so'nggi 5 yilda APL klublarining transferlar uchun ishlatgan mablag'ini hisoblab chiqdi.
Ushbu davrda "Manchester Siti" barchadan ko'p pul sarflagan - 601,98 mln funt, ikkinchi o'rin esa "Manchester Yunayted"niki bo'ldi - 484,88 mln, kuchli uchlikni 267,88 mln evro bilan "Arsenal" yopib turibdi.
Navbatdagi ikki o'rinni "Everton" (225,42 mln) va "Brayton" (214,86 mln) egallagan.
Ushbu mavsum etakchisi "Liverpul" 14-o'rinda ko'rinish bergan - 107,58 mln.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar