So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  21 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  3 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Son Xyon Min: "Yaponiya yoki Saudiya Arabistoni? Musobaqada g'alaba qozonmoqchi bo'lsangiz, istalgan raqibga tayyor bo'lishingiz kerak" Yangiliklar

Son Xyon Min: "Yaponiya yoki Saudiya Arabistoni? Musobaqada g'alaba qozonmoqchi bo'lsangiz, istalgan raqibga tayyor bo'lishingiz kerak"

Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Koreya Respublikasi va Iordaniya o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng koreyaliklar sardori Son Xyon Min o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Malumot uchun, Koreya Respublikasi Osiyo kubogi ikkinchi turida Iordaniya bilan jangovar (2:2) durang o'ynadi. O'yindan keyin Koreya Respublikasi terma jamoasi sardori Son Xyon Min OAV vakillariga intervyu berdi. Ular orasida Championat.asia jurnalistlari ham bor edi. Son o'yin haqida gapirar ekan, o'z harakatlaridan qoniqmaganini va keyingi bosqichdagi raqib kim bo'lishi unchalik ham ahamiyatga ega emasligini bildirdi.


- Bugun musobaqadgi ilk golingizni kiritdingiz. Bundan qanchalik mamnunsiz?

- Unchalik ham mamnun emasman. To'g'ri, gol kiritdim. Biroq, terma jamoamiz bugun g'alaba qozona olmadi. Harakat qilishda davom etamiz.

- Bugun ko'rsatgan o'yiningdan qoniqdingizmi?

- Yo'q, umuman qoniqmadim.

- Koreya Respublikasi ayni damdagi holatga ko'ra Saudiya Arabistoni yoki Yaponiya bilan to'qnash kelishi mumkin. Bu haqida fikringiz qanday?

 - Buni umuman farqi yo'q. Agar siz turnirda g'alaba qozonmoqchi bo'lsangiz, istalgan raqib bilan to'qnash kelishga tayyor bo'lishingiz kerak. Oldinda yana bir o'yin bor. Pley-off haqida ushbu uchrashuvdan keyin o'ylaymiz. Kelajak qanday bo'lishini hech qachon bila olmaysiz. 

- Iordaniyaga qarshi uchrashuv bu qadar qiyin bo'lishini tahmin qilganmidingiz?

- Albatta. Ko'pchilik bu o'yin oson bo'lishi haqida gapirgandi, ammo ko'rib turganingizdek, Osiyo kubogida birorta ham oson o'yin bo'lmaydi. Jismonan va ruhan o'yinga tayyor bo'lmasangiz natija siz o'ylagandek bo'lmaydi, jabr chekib qolishingiz mumkin. Bugun shuning yaqqol misolini ko'rdik. Jamoa sifatida Iordaniyaga qarshi o'yinda ko'p narsa o'rgandik. Yaxshiyamki, bu holat guruh bosqichida yuz berdi. Bizda vaziyatni o'nglash imkoniyati etarli.

J.I

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика