Son Xyon Min: "Bunday yakunlash og'ir, ammo bu futbol"
08 mar 2018 13:17
Yangiliklar


Son Xyon Min: "Bunday yakunlash og'ir, ammo bu futbol"
"Tottenxem"ning janubiy koreyalik yarim himoyachisi Son Xyon Min "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Jamoadoshlarim va muxlislarimiz bilan faxrlanaman. Ishqibozlar uchun afsusdaman, ular bizdan ko'prog'ini kutishgan edi. Bunday yakunlash og'ir, ammo bu futbol, yana oldinga yurishimiz kerak" - deydi Son Xyon Min.
"Uembli"dagi javob uchrashuvida "Tottenxem" "Yuventus"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safidagi yagona golga Son Xyon Min mualliflik qildi. Turin klubi safida Gonsalo Iguain va Paulo Dibala gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar