Son Xen Min: "Jahon darajasidagi murabbiy. Uning qolishida yordam bera olmaganimdan afsusdaman"
28 mar 2023 23:35
Yangiliklar
Son Xen Min: "Jahon darajasidagi murabbiy. Uning qolishida yordam bera olmaganimdan afsusdaman"
"Tottenxem" futbolchisi Son Xen Min istefoga chiqarilgan murabbiy Antonio Konte haqida gapirdi.
"Antonio uchun afsusdaman. U jahon darajasidagi murabbiy. U bilan birgalikda katta yo'lni bosib o'tdik. Undan juda ham mamnunman. Boshqa futbolchilar nimani o'ylayotganini bilmayman, biroq men afsusdaman.
Uning qolishi uchun maydonda o'ynashim kerak edi. Biroq jamoaga yordam bera olmadim va qandaydir darajada masuliyatni his qilyapman. Uning qobiliyatlari ko'p. Ishonamanki, faoliyati davomida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishadi", - dedi janubiy koreyalik futbolchi.
Fikrlar