Solievning 12-chempionligi
30 noy 2015 20:35
Yangiliklar
Haqiqiy chempion va oliy liga afsonasi sanalgan Soliev 8 bor "Paxtakor", 3 marta "Bunyodkor" va bir bor "Navbahor" bilan oltin medallarga ega chiqqan. U bu borada O'zbekiston rekordchisi hisoblanadi. Kamoliddin Tojiev esa 7-marta jamoamiz bilan chempion degan nomga sazovor bo'ldi.
Maxaradze, Xolmuhammedov, Lobanov, Ribkin, Krimec, Hoshimov, Andreev, Kozak, Karimov, Iskanderov va Ismatullaev uchinchi bor "Paxtakor" tarkibida oltin medallar sohibiga aylanishdi. Merzlyakov, Pardaev, Masharipov, Sergeev ikkinchi, Oraxovac va Sohibov esa birinchi chempionlikni qo'lga kiritishdi.
No'mon Hasanov "Paxtakor" futbolchisi va murabbiyi sifatida O'zbekiston chempioniga aylangan birinchi insonga aylandi. Hasanov futbolchilik davrida yana MHSK va "Do'stlik" jamoalarida ham mamlakatimiz chempioniga aylangan. Murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Anvar Rashidov, Andrey SHipilov va Grigoriy Kolosovskiy ham bir necha bor oltin medallarga ega chiqishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar