So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

Solari "Real" uchun ideal tanlovmi? Yangiliklar

Solari "Real" uchun ideal tanlovmi?

Santyago ​Solari "Real" bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor.

Ikki xafta ichida "Real"ni inqirozdan olib chiqishni boshlagan Santyago Solari "Real" jamoasi bilan 2021 yilgacha sharnoma imzoladi. Solari kelgunicha, "Qirollik klubi" so'nggi 5 uchrashuvning to'rttasida mag'lubiyatga uchragan edi.

Solari ikki hafta davomida ko'p narsalarni o'zgartirdi. Dastlabki, 4 o'yinida 100 foizlik natija ko'rsatib, Florenntino Perezning ishonchini oqlashni boshladi.  

Solarining "Real"ga bosh murabbiy bo'lishi to'g'rimi?


Ramosning "taktika ilmini bilish - kiyim almashtirish xonasida futbolchilarni ruhlantira olish singari muhim emas", deb aytgan gapi barchaning diqqatini tortdi. Xaqiqatdan ham, uning gapida jon bordek. Masalan, Madrid Xulen Lopetegini yaxshi qabul qilmadi. Solari esa avvaldan "Real" bilan birga bo'lganligi uchun klubga tez moslashib ketdi. Ramosning 2005 yilda "Sevilya"dan "Real"ga o'tganida, Solari "qaymoqranglilar" tarkibida bo'lgan. Argentinalik mutaxassis klub safida Zidan, Figu, Bekhem, Ronaldo kabi futbolchilar bilan bir vaqtda to'p surgan. "Real" libosida 5 yil davomida 200 uchrashuvda qatnashgan Solari yulduz bo'lmagan namunali futbolchi hisoblanadi. Santyagoning kamtarligi va fidoiyligi jamoa o'yiniga asqotadi. Zahirada qolganida shikoyat qilmaydi va texnikasi yuqori, tezkor jamoadoshlarini to'p bilan taminlaydi. ECHL finalidagi uchrashuvda Zidanning "Bayer"ga urgan goli, bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Santyago Solarining intervyularini ko'rib chiqamiz.

"Real"da qolishni xohlaymanmi? Muhimi, hammasi jamoa foydasi uchun xizmat qilishi lozim. Qolgani meni qiziqtrmaydi. Futbolchilar men uchun emas, jamoa shani uchun o'ynashadi".

Yana bir intervyu vaqtida jurnalist Solaridan Zidan bilan o'zini qanday solishtirish mumkinligi haqida so'ragandi.

"Keling, yaxshisi Zidanni o'z holiga qo'yaylik. Zinedin klub ramzi hisoblanadi. Uni tariflashga so'zim yo'q. Taqqoslash kerak emas", - deb fikr bildirgandi Solari.

Boshqa insondan ushbu gaplarni eshitsa, biroz g'alati tuyulishi mumkin. Lekin, Solari - so'nggi 20 yil ichida klub haqida gapirgan va ushbu jamoaga sodiq bo'lgan futbolchi.
Santyago Zinedinni erishgan natijalarini qaytarishi kutilmoqda. Zidanga ko'pchilik "Real" futbolchilari bolaligida unga o'xshashni xohlashgan. Solari ham yaxshi o'yinchi edi. Ammo asosiy misol sifatida, uning jamodagi futbolchilar bilan munosabati alo darajada ekanligini aytish kerak. 

 


"Valyadolid" bilan o'tkazilgan o'yindan so'ng (2:0), Solari futbolchilarni rotaciya qilish borasida quyidagicha javob qaytargandi.

"Beyl, Asensio va Kazemirolarning o'yini Vaskes, Isko va Vinisiuslarning ko'rsatgan o'yini singari muhim. CHunki, uchrashuv 90 daqiqa davom etadi. Bunda har bir futbolchi natijaga tasir etadi. Asosiysi, zahiradan maydonga tushgan futbolchi vaziyatni o'zgartira olishi va jamoa foydasiga xizmat qilishi kerak".

Aftidan Solari ham Zidanning "Real"da qilgan ishlarini takrorlayotgan ko'rinadi.

O'tkazgan 4 uchrashuvda Solari taktika borasida o'z chizgilarini ko'rsatishga ulgurgani yo'q. Biroq, u Vinisiusni yoshlar klubidan asosiy jamoaga kiritdi, klubning asosiy darvozabonini tanladi va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy, futbolchilarning hurmatiga sazovor bo'lgan mutaxassisni ortga qaytardi. Solari shuningdek, jamoani kiyim almashtirish honasidagi vaziyatni boshqalarga nisbatan yaxshi biladi. U nafaqat yulduz futbolchilar bilan elkama-elka to'p surgan, balki mashhur murabbiylar, hususan, Visente del Boske sabog'ini ham olgan.

"Meni del Boskening jamoadagi muhitni boshqara olishi ruhlantiradi. Bu - o'yin falsafasi va sifatli mashg'ulotlardan muhim jixat", - deb fikr bildirgandi Solari.

O'yinchilarning so'zlariga ko'ra, Santyago klubdagi muhitni o'zgartirmoqda. "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Nacho Solari bilan hamkorlikda ishlashni xohlashini, lekin murabbiy tanlash futbolchilarning zimmasida emasligini takidlagandi. Benzema esa Solarini kamida mavsum oxirigacha "Real"ni boshqarishi haqida keskin fikr bildirib o'tgandi.

Hozirda Solaridan yaqin yarim yil ichida Zidan qoldirib ketgan jamoani qayta tashkil etish va franciyalik mutaxassis ko'rsatgan natijalarni takrorlash talab qilinmoqda.

championat.com saytidan Nodir Abdurasulov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика