Solari Messi haqida: "Biz uchun qo'rquv so'zi mavjud emas"
26 fev 2019 23:07
Yangiliklar


Solari Messi haqida: "Biz uchun qo'rquv so'zi mavjud emas"
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari, shogirdlari "Barselona" forvardi Messidan qo'qrmasliklarini elon qildi.
"Messi to'g'risida gap borganda, qo'rquv so'zi biz uchun, futbolda qatnashayotganlar uchun mavjud emas. Biz chin dildan o'ynaymiz, kuchimizni o'yinga sarflaymiz va qilayotgan ishimizdan rohatlanamiz. "Real" futbolchilari har doim maydonga tushishadi va o'yindan zavq olishadi", – dedi Solari.
Ispaniya Kubogi yarim final doirasida "Real" va "Barselona" qarama-qarshiligining javob uchrashuvi 27 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 28 fevral 01:00) o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar