So’nggi yangiliklar

18:03"Металлург" тажрибали ҳужумчини таркибга қўшиб олади  3 17:38Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ЕЧЛдаги ўйини олдидан йўқотишлар рўйхатини очиқлади  3 17:30Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  12 17:04Мексикада футбол ўйини вақтида 11 нафар одам отиб ўлдирилди  1 16:38Касадо "Барселона"дан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди: "Мен ҳеч қачон таслим бўлмайман"  9 16:10Расман: Нурлан Ибраимов — "Локомотив" футболчиси  0 15:49Мартин Эдегор: "АПЛда ҳеч қачон осон бўлмайди"  1 15:27"Пахтакор" Косово жамоасига ютқазди  9 14:37ПСЖ собиқ футболчиси Индонезияда ўйнайди  0 14:04Рой Кин Майкл Кэррик МЮга мос келмайди деб ҳисоблайди: "Икки ўйинда ҳар ким ғалаба қозониши мумкин"  15 13:43Бугунги ўйинлар: “Ал Насср” уйда, АПЛда 23-турнинг охирги баҳси ва бошқалар  0 13:17"Арсенал" "Реал" ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  1 13:09Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  78 12:53Кэррик МЮнинг "Арсенал" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Сити"га қарши ўйин осонроқ ўтганди"  7 12:25Артета МЮ билан ўйиндаги аламли мағлубият ҳақида фикр билдирди  8

Sog'lom turmush - farovon hayot garovi Yangiliklar

Sog'lom turmush - farovon hayot garovi

Teglar :  Arnasoy
Yurtimizda sportga qaratilayotgan etibor, aholining jismonan sog'lom va barkamol bo'lishi ular tafakkurining shakllanishi orqali, teran fikr yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Arnasoy tuman hokimligi mamlakatimizda aholi turmush farovonligi yo'lida sog'lom turmush tarzini shakllantirish borasida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, joriy 2017 yil 20 maydan 26 mayga qadar O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlab tumanda faoliyat ko'rsatayotgan fermer xo'jaliklari o'rtasida mini futbol musobaqasi o'tkazildi, mazkur musobaqada fermer xo'jaligi azolaridan tashkil topgan 16 ta suv istemolchilar uyushmasi futbol jamoalari ishtirok etishdi.

Ushbu o'tkazilgan futbol musobaqasi davomida tumanda faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot, korxona, muassasa va fermer xo'jaliklari o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda homiylik qilishdi, undan tushgan mablag' kelgusida tuman futbol jamoasi tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, jamoaning moddiy texnika bazasini yanada yaxshilash uchun ishlatilishi ko'zda tutilmoqda.

Qizg'in tortishuv va bellashuvlar asosida o'tkazilgan mazkur musobaqada 1-o'rinni "Oqbuloq" SIU, 2-o'rinni “Hamdo'stlik” SIU, 3-o'rinni “Turkiston" SIU futbol jamoalari qo'lga kiritishdi, g'olib “Oqbulok" SIU futbol jamoasi tuman hokimi “Kubogi” va jamoa azolari I darajali medallar bilan taqdirlandi. 2 va 3- o'rinni egallagan futbol jamoasi azolari esa II va III darajali medallar bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqani o'tkazishdan maqsad fermer xo'jaliklari o'rtasida do'stlik, qardoshlik va o'zaro mehr-oqibat kabi rishtalarini uyg'otish hamda sog'lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat edi.



Arnasoy tumani hokimi, musobaqa tashabbuskori Ergash Soliev



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика