"So'g'diyona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
15 apr 2019 20:39
Yangiliklar
"So'g'diyona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Kuni kecha "So'g'diyona"da bo'shab qolgan bosh murabbiy lavozimiga Ulug'bek Baqoev nomzodi ko'rib chiqilayotgan va muzokaralar davom etayotgani haqida xabar bergandik.
Malum bo'lishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan va tomonlar o'zaro kelishuvga erishishgan. O'tgan mavsum yakuniga qadar "Buxoro" bosh murabbiyi bo'lib ishlagan Ulug'bek Baqoev o'z xohishi bilan istefo chiqqandi. Endilikda mutaxassis Superligada "So'g'diyona" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi. Ayni paytda Baqoev jamoani qabul qilib olgan va keyingi tur o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Tez orada murabbiy o'z shtabiga kerakli mutaxassislarni yig'ishi ham kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, kelasi turni "So'g'diyona" Jizzaxda "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi. Qizig'i, Ulug'bek Baqoev o'zining "Buxoro" jamoasidagi oxirgi o'yinini aynan "Metallurg"ga qarshi o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar