"So'g'diyona"da uzoq yil o'ynagan Mitrovich jamoadan ketdi
28 noy 18:32
Yangiliklar
"So'g'diyona"da uzoq yil o'ynagan Mitrovich jamoadan ketdi
Jizzaxliklar qalbida alohida o'rin egallagan legioner darvozabon Milan Mitrovich jamoa bilan do'stona tarzda xayrlashdi.
"So'nggi etti yarim yil davomida u darvozamiz mustahkamligi uchun barqaror o'yin ko'rsatib keldi. 2021 yilgi Superliga mavsumida jamoamiz kumush medalni qo'lga kiritishida, OFK Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirokimizda va bir qator muhim uchrashuvlarda Milan o'z hissasini qo'shdi. Uning mehnati, fidoyiligi va professionalligi uchun jamoamiz hamda muxlislarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

34 yoshli Milan Mitrovich Superligada 147 o'yin (jami 13 189 daqiqa) maydonda harakat qildi. O'zbekiston Kubogida 15 o'yin, OFK Kubogida esa 6 o'yinda qatnashdi, jamoa bilan birga yarim finalgacha etib bordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar