So’nggi yangiliklar

17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

"So'g'diyona" yozgi "qaynoq" transferlarni boshladi: "Nasaf" futbolchisi bilan kelishuvga erishildi Yangiliklar

"So'g'diyona" yozgi "qaynoq" transferlarni boshladi: "Nasaf" futbolchisi bilan kelishuvga erishildi

Kuni kecha "Nasaf"ning vingeri Jasur Hasanov jamoadan ketgani haqida xabar bergandik.

Jasur Hasanovga "So'g'diyona" tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida aytilgandi. Jizzaxliklar transfer oynasi ochilishi arafasida Jasur Hasanov bilan muzokaralar olib borilgan va og'zaki kelishuvga erishilgan. "So'g'diyona" futbolchini transfer oynasi ochilganidan so'ng rasman ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

"Nasaf" bilan amalda yil yakuniga qadar shartnomasi mavjud bo'lgan Hasanov jamoani erkin agent sifatida tark etdimi yoki transfer uchun jizzaxliklar "Nasaf"ga qanchadir miqdorda pul o'tkazib berishadimi, hozircha bu nomalum.

"Nasaf"dagi moliyaviy muammolar tufayli futbolchilar maoshlarini o'z vaqtida olishmayotgani uchun ham futbolchilar jamoani erkin agent sifatida tark etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, ancha avval "Nasaf"ning bir qator futbolchilariga "So'g'diyona" tarafidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida xabar bergandik. Xususan, jizzaxliklar "Nasaf"ning yana bir qator legionerlari va asli mahalliy futbolchilarga ham qiziqishayotgandi. Yaqin orada "So'g'diyona" tarkibi yana "Nasaf" futbolchilari bilan kuchayishi mumkin.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика