So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  4 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  2 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

"So'g'diyona" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: Ivan Boshkovich raqobatbardosh jamoa tuza oldimi? Yangiliklar

"So'g'diyona" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: Ivan Boshkovich raqobatbardosh jamoa tuza oldimi?

"Bo'rilar" o'tgan mavsum zerikarli o'yinlari bilan esda qolib, 11-o'rinni egalladi.

Quyida Ivan Boshvokich jamoasi mavsum oralig'ida qanchalik o'zgargani, tarkibda kimlar paydo bo'lgani-yu, kimlar ketgani haqida so'z yuritamiz.

Tarkib va transferlar

"So'g'diyona" tajribali futbolchilari va legionerlari bilan xayrlashdi. Legiogerlardan bosniyalik himoyachi Tarik Isich, serbiyalik himoyachi Marko Kolakovich, bosniyalik hujumchi Zenan Zaymovich jamoadan ketishdi. Mahalliy o'yinchilardan tajribali yarim himoyachilar Jasur Hasanov, Javohir Qahramonov va Sanjar SHoahmedov bilan xayrlashishdi. SHuningdek, Ollabergan Karimov va Abdulloh Omonaliev jizzaxliklar safini tark etdilar.

Jamoaga quyidagi futbolchilar kelib qo'shilishdi:

Muhammadyusuf Sobirov ("Bunyodkor");

Zoran Petrovich ("Petrolul")

Aleksey Nosko (BATE)

Sardor Qulmatov ("Terengganu")

Islom Qobilov ("Lokomotiv")

Oleg Zoteev ("Lokomotiv")

SHohruh Abdurahmonov ("Energetik-BGU")

Vladimir Yovovich ("Yablonec").

Jamoa ketganlar o'rnini to'ldirishga faol kirishdi. Masalan, U-17 Jahon chempionatida O'zbekiston darvozasini qo'riqlagan Muhammadyusuf Sobirov, mudofaa vakillaridan Aleksey Nosko, Sardor Qulmatov, Islom Qobilov va tajribali Oleg Zoteev taklif etildi.


Faoliyati mobaynida Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida legioner maqomida harakat qilgan xavbek SHohruh Abdurahmonov, CHernogoriya terma jamoasi yarim himoyachisi Vladimir Yovovich tarkibga qo'shib olindi.

Bundan tashqari, chernogoriyalik hujumchi Zoran Petrovich bilan shartnoma imzolandi. 



"So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich yangi mavsum oldidan tashkil qilingan intervyuda quyidagilarni takidlagandi:

"Tarkibni Superliganing etakchi futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz. Bizning o'yin uslubimiz va vazifamiz ham selekciya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi", – degandi Boshkovich. 


Yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar

"So'g'diyona" jamoasining xorijiy yig'ini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borildi. Jamoa u erda bir nechta o'rtoqlik bellashuvlarida ishtirok etdi. 

Quyida o'yinlarning to'liq ro'yxati va ulardagi natijalar bilan tanishtiramiz:

16 yanvar | "So'g'diyona" – "Sumgait" (Ozarbayjon) 1:3

Gol: Mavlonqulov.

22 yanvar | "So'g'diyona" – "Malisheva" (Kosovo) 1:1

Gol: Lyupche Doriev.

25 yanvar | "So'g'diyona" – "Visla" Plock (Polsha) 2:3

Gollar: Mavlonqulov (dubl).

6 fevral | “So'g'diyona” – “Vorskla” (Ukraina) 1:3

Gol: Lyupche Doriev.

9 fevral | “So'g'diyona” – “Selimbar” (Moldova) 2:2

Gollar: Petrovich (dubl).

13 fevral | "So'g'diyona" – "Belc" 2:2

Gollar: Abdurahmonov (dubl).

19 fevral | “So'g'diyona” – “Liepaya” 2:1

Gollar: Mavlonqulov (dubl).

"So'g'diyona" qishki yig'inda jami 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Jamoa bu bahslardan faqat 1 tasida g'alaba qozona oldi, 3 marta durang o'ynagan bo'lsa, 3 ta o'yinda mag'lubiyatga uchradi.


Murabbiylar shtabi va klub boshqaruvidagi o'zgarishlar

"So'g'diyona" murabbiylar shtabida aytarli o'zgarish kuzatilmadi. Klub rahbariyatida ham o'zgarish amalga oshmadi.


"So'g'diyona"ning taxminiy tarkibi

"So'g'diyona"ning "Neftchi"ga qarshi o'yindagi ehtimoliy tarkibi quyidagicha ko'rinish oladi:

Mitrovich, Qobilov, Yoqubov, Salimov, Andreev, Zoteev, Abdurahmonov, Soyibov, Petrovich, Doriev, Mavlonqulov

Malumot o'rnida, "So'g'diyona" "Neftchi"ga qarshi oxirgi 3 ta o'yinda umuman gol urolmagan.

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика