So'g'diyona - Qizilqum uchrashuviga chiptalar 25 iyuldan sotuvga chiqadi
23 iyu 2015 19:45
Yangiliklar


So'g'diyona - Qizilqum uchrashuviga chiptalar 25 iyuldan sotuvga chiqadi
2 avgust kuni So'g'diyona - Qizilqum uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Muxlislarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda oliy liga 16-turidan o'rin olgan So'g'diyona - Qizilqum o'yiniga chiptalar 25 iyuldan boshlab sotuvga chiqariladi. CHiptalarni stadion kassalrida xarid qilish mumkin bo'ladi. Eslatib o'tamiz, So'g'diyona - Qizilqum jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 2 avgust kuni Jizzax shahridagi So'g'diyona stadionida 19:00 da boshlanadi.
CHipta narxi 5000 so'm. Stadionda yaxna ichimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi, umuman aytganda, muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Barcha futbol muxlislarini So'g'diyona stadioniga chorlab qolamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar