"So'g'diyona" o'z tarixida ilk bor Namanganda g'alabaga erishdi
09 mar 2021 20:31
Yangiliklar


"So'g'diyona" o'z tarixida ilk bor Namanganda g'alabaga erishdi
Bugun Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida SHohruz Norxonov tomonidan urilgan gol tufayli "So'g'diyona" safarda g'alabaga erishdi. SHunday qilib Jizzax klubi birinchi bor Namanganda "Navbahor"dan ustun keldi.
Bungacha "So'g'diyona" o'z tarixida hech qachon Namanganda g'alaba qozona olmagan edi. Vodiyda o'tgan oldingi 25ta uchrashuvning 5tasida durang qayd etilgan va 20ta bahsda "Navbahor" g'olib bo'lgandi. "So'g'diyona" Namangandan so'nggi bor 2016 yil ochko olib qaytgandi. "Navbahor" bu raqib bilan o'z uyidagi oxirgi 4ta o'yinda 4ta g'alabaga erishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar