So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

“So'g'diyona” o'rinbosarlari qorda ham mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda FOTO Yangiliklar

“So'g'diyona” o'rinbosarlari qorda ham mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda FOTO

Teglar :  So'g'diyona
"So'g'diyona" yoshlari ham mavsumga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Mashg'ulotlar “So'g'diyona” akademiyasi maydonida ikki mahaldan olib borilmoqda.

O'rinbosarlar murabbiylari jamoaga yosh iqtidor egalarini jalb qilishda selekciya ishlarini faol tashkil qilgan. Anvar Almatov boshchiligidagi jamoaga bir nechta futbolchilar jalb qilindi. Ulardan “Andijon” jamoasida ajoyib o'yinlar bilan muhlislar ko'nglidan joy olgan Oybek Nurmatov, “G'allaorol”dan Bexruz Do'stmatov, Jizzax Olimpiya zahiralari kollejining “Olimpiya” jamoasidan Muslimbek Abdullaevlar jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

Jamoa ko'rigida bo'lgan bir nechta futbolchilarni yana bir bor sinovdan o'tkazish maqsadida nazorat o'yinlari o'tkazilmoqda. Ulardan biri “Jizzax Bars ” jamoasiga qarshi bo'lib ,unda 3:2 hisobida "So'g'diyona" yoshlari g'alabani rasmiylashtirdi.

Malumot o'rnida yana shuni aytib o'tish joizki, 3 ta gol ham Oybek Nurmatov hisobiga yozildi.

Bo'lajak mavsumda o'rinbosarlar jamoasiga chempionatda yaxshi natijalar qayd etib, yuqori o'rinlar uchun kurashish vazifasi qo'yilgan.

So'nggi kunlardagi  ob-havoning sovuqligi va maydonni qor qoplaganiga qaramay yoshlar mashg'ulotga zo'r berib ishlamoqda. Qo'yida bugungi mashg'ulotdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика