So’nggi yangiliklar

01:10Онаси футболчи бўлган, жинсий зўравонлик сабабли қамалган, муҳтожларни қўллайдиган "Динамо"нинг янги легионери билан танишамиз  0 00:47"Орзуим — "Реал"ни бошқариш". Эрик Шель Мадрид тарихига кирмоқчи  4 00:15Назорат баҳси. "Сурхон" - "Шинник" 0:2  0 00:00Элит ОЧЛ. Бугунги барча ўйинларда дуранг қайд этилди  0 23:39"Майдондаги ягона нопрофессионал — ҳакам!" Спаллетти "Лацио" билан ўйиндан сўнг портлади  0 23:16Карвахаль ва Арбелоа ўртасида зиддият борми?  0 22:41Роналду машғулотларга қайтди! У Туркманистонга учадими?  8 22:30Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи бўлимда ўзимизни кўрсата олмадик"  15 22:10Салоҳ учун космик маош! Саудияликлар "Миср қиролини" Роналдунинг ўрнига тайёрламоқда  6 21:45"Барселона" мавсум сўнгигача қарзларидан қутула оладими?  10 21:36"Қўқон-1912" Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  2 20:50Ҳусниддин Алиқулов: Янги шартнома ва оғир жароҳат  12 20:40Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди  81 20:24Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-20 - Хитой U-20 1:1  0 19:57ОКМК Қозоғистон жамоасини мағлубиятга учратди  0

“So'g'diyona” nazorat uchrashuvida “Surxon”ni taslim etdi Yangiliklar

“So'g'diyona” nazorat uchrashuvida “Surxon”ni taslim etdi

Teglar :  So'g'diyonaSurxon
“So'g'diyona” Toshkentdagi o'quv mashg'ulot yig'inida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Sparring raqib sifatida “Surxon” jamoasi tanlandi.

Murabbiylar shtabi asosan jamoa ko'rigida bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Birinchi bo'limda Andrey Sidorov, Dilmurod Karimov, Izzatilla Abdullaevlar gol kiritish uchun qo'lay vaziyatlardan foydalana olmadi. Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim ancha qiziqarli va yuqori tempda o'tdi. Murabbiylar shtabi  o'yinni kuchaytirish shuningdek,  jamoa ko'rigida bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish maqsadida tarkibda bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Ikkinchi bo'limda ham “Surxon” darvozasi oldida bir qator havfli vaziyatlar yuzaga keldi. Dastlab SHoxruz Norxonov  yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, ajoyib tarzda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ko'p o'tmay “Surxon” darvozasiga ikkinchi  gol ham kiritildi. Bugungi o'yinda SHoxruz Norxonov “So'g'diyona” safida dublga erishdi va u bugun o'yinning haqiqiy qaxramoniga aylandi. Bahsning  so'nggi daqiqalarida  himoyachi Azamat Isroilov hisobni yanada yirik ko'rinishga olib keldi. 3:0. SHu tariqa jizzaxliklar navbatdagi nazorat uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi.

“So'g'diyona”-“Surxon” 3:0

Gollar: 
SHoxruz Norxonov 2 ta, Azamat Isroilov

«SO'G'DIYONA»: Dilshod Hamroev, Doniyor Odilov, Sardor Qulmatov, Jasurxo'ja Ismoil, Andrey Sidorov, Izzatilla Abdullaev, Orifxo'ja Abduholiqov, Axror Umarxodjaev, Dilmurod Karimov, Mirkomil Lokaev, Islom SHaripov.
Zaxirada: SHirinboy Abdullaev, Akmal Xolmurodov, SHoxrux Xolmatov, Farhod Mirahmatov, Elyor Orifov, Umidjon Qodirov, Doniyor Hasanov, SHoxruz Norxonov, Sardor Azimov, Azamat Isroilov

«SURXON»: Ruslan Matniyozov, Najmiddin Normurodov, Ibrohim Abdullaev, Ubaydillo Xoliqulov, Nodir Yo'ldoshev, Sirojiddin Quziev, Doston  Haydarov,Nizom Norov,Nuriddin  Xasanov, Dilshod Xushbakov, Timur Usmonov
Zaxirada: Azamat Ahmedov, Timur Kagirov, Abdurasul Komilov, Sarvar Xolmatov, Alisher Mirzaev, Abbos Po'latov, Orif Abdug'aniev, Elbek Ravshanov

Jahongir Abdumo'minov jarohati sabab bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Navbatdagi nazorat uchrashuvi 17 fevral kuni “Metallurg” ga qarshi bo'lib o'tadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика