So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  0 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  6 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  20 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

“So'g'diyona” muvaffaqiyatining siri nimada?" Javohir Qahramonov bilan suhbat Yangiliklar

“So'g'diyona” muvaffaqiyatining siri nimada?" Javohir Qahramonov bilan suhbat

CHempionatda mag'lubiyatsiz ishtirok etib kelayotgan “So'g'diyona” Superliganing navbatdagi turida ham g'alaba qozondi.

Jizzaxliklar bu safar o'z maydonida “Andijon”ni yirik – 4:1 hisobida mag'lub etdi. Mezbonlarning dastlabki goliga mualliflik qilgan Javohir Qahramonov “uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi” deya etirof etildi.

- Javohir, avvalambor qo'lga kiritilgan navbatdagi g'alaba bilan tabriklaymiz. “Andijon” bilan o'tgan o'yinda jamoangiz yirik hisobda g'alaba qozondi. Bunga go'yoki osonlikcha erishgandek taassurot qoldirdi. Bu haqda nima deysiz?
- Tabrik uchun rahmat. Men ham fursatdan foydalanib, xalqimizni musulmonlar bayrami – Ramazon Hayit bilan chin dildan tabriklayman. O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, futbolda g'alabalar osonlikcha erishilmaydi. Buning zamirida qattiq mexnat yotadi. Avvalo kim o'yinga tayyor bo'lsa, o'sha jamoa g'olib bo'ladi. SHu kuni omad bizga kulib boqdi va muvaffaqiyat qozondik. “Andijon” ham yaxshi jamoa. Iqtidorli o'yinchilar etishib chiqmoqda. Faqat ularga tajribali futbolchilar etishmayapti deb o'ylayman.

- “Andijon” tarkibida siz yaxshi tanigan bilgan futbolchilar to'p tepmoqda. Bu jamoaning o'yini to'g'risida fikringizni bilmoqchi edik?
- Deyarli hamma o'yinchilarini yaqindan taniyman. Ularning 3-4 nafari bu yil Superligada debyut qildi. O'yindan o'yinga vaqt o'tgan sari o'sib borishadi. Yoshlar dastlabki mavsumdayoq barqaror o'ynab ketishi qiyin. Ijobiy natijaga erishish uchun vaqt kerak bo'ladi.



- Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etildingiz. SHaxsan o'zingiz ko'rsatgan o'yiningizdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Har bir o'yinga g'alaba qozonish uchun chiqamiz. Futbol jamoaviy o'yin bo'lgani uchun bir kishini alohida ko'rsatish yaxshimas. Har bir futbolchi maydonga chiqqach, o'z ishini qilsa natija ham ijobiy ko'rinish oladi.

- “So'g'diyona” uchun chempionatda xaqiqiy janglar endi boshlanadi deyish mumkin. Bo'lajak uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, maqsadimiz raqib kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba qozonishdir. Hech bir uchrashuv oson o'tmasligi oldindan malum. O'yinga kim tayyor bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. Hammasini o'sha paytda bilamiz.

- “So'g'diyona” muvaffaqiyatining siri nimada?
- Futbolda ko'p narsa omadga bog'liq. Qolaversa tayyorgarlik ham juda muhimdir. Hozircha hammasi biz uchun yaxshi kechmoqda va bundan albatta xursandmiz. Kezi kelganda muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirib o'tishni istardim. Zero ularning qo'llab-quvvatlashi ham biz uchun muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика