So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"So'g'diyona" jamoasi yordamchi murabbiyi: "Ivan Boshkovich tarkib va taktika tanlab berdi. Yozgi transferlar oynasida tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi" Yangiliklar

"So'g'diyona" jamoasi yordamchi murabbiyi: "Ivan Boshkovich tarkib va taktika tanlab berdi. Yozgi transferlar oynasida tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi"

Superliga 12-turidan o'rin "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" jamoasining yordamchi bosh murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun qanday o'yin bo'lishini bilar edik. Raqibimiz uch oydan beri g'alaba qozona olmayapti. Uchrashuvni judya yaxshi boshladik. Dastlabki daqiqalarning o'zidayoq bir nechta vaziyatlar yaratdik, ammo taym so'ngida biroz o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshladik va gol urdik. SHohruh Abdurahmanov gol urganidan juda xursandman. "Lokomotiv" jamoasiga omad tilayman. Ular yaqindagina bosh murabbiyni o'zgartirishdi. Krestininga ham omad. O'tgan mavsum "Bunyodkor"dagi yaxshi natijalarini "Lokomotiv" bilan ham takrorlashiga tilakdoshman.

- Ivan Boshkovich bir nechta uchrashuvga chetlatilgan edi. Bosh murabbiy bugun tribunalardan o'yinni kuzatdi. So'nggi ikki uchrashuvda jamoani ko'proq kim boshqardi? Sizmi yoki Ivan Boshkovich?

- Ivan Boshkovich mashg'ulotlarni o'zi olib bormoqda. Uchrashuv boshlanishidan avval u tarkib va rejani tuzib berdi. Biz kelishilgan holda ishlayapmiz.

- "So'g'diyona" birinchi davrani kuchli uchlikda yakunlashi qanchalik muhim?

- "Dinamo"ga qarshi ancha jiddiy o'yin bor. Keyin esa kubokda "Neftchi"ga qarshi o'ynaymiz. Qolgan uchrashuvlarda ham maksimal natija qayd etishimiz kerak.

- "So'g'diyona" jamoasi birinchi davrani kuchli uchlikda yakunlashga yaqin turibdi. Keyingi raqib "Dinamo". Ikkinchi davrada ham sovrinli o'rinlarga davogarlik qilish uchun jamoa tarkibini kuchaytirishi kerak. "So'g'diyona"ni yanada kuchaytira oladigan yangi futbolchilarni jamoada qo'ramizmi?

- Futbolchilar yaxshi o'ynashmoqda. Biz ularga ishonamiz. Tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi.

- O'zbekiston kubogi pley-off bosqichida "Neftchi"ga qarshi o'ynaysizlar. 1/8 finaldagi "So'g'diyona" - "Neftchi" juftligi eng qizg'in bahslardan biri bo'lishi aniq. Ushbu bahs va "Neftchi" haqida gapirib o'tsangiz?

- Juda qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. "Neftchi" ham ancha kuchli jamoa. Kubokda oson bo'lmasligi aniq.




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика