“So'g'diyona” bugun “Olmaliq”qa qarshi tayyorgarlikni boshladi
15 avg 2017 19:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/271666_original.jpg)
![](/upload/storage/271666_220.jpg)
“So'g'diyona” bugun “Olmaliq”qa qarshi tayyorgarlikni boshladi
“Lokomotiv”ga qarshi o'yindan so'ng jamoaga 3 kunlik qisqa tatil berilgan edi. Jamoa bugun “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va navbatdagi turdagi raqibi “Olmaliq”qa qarshi hozirlikni boshladi.
Muxlislarimiz uchun yana bir xushxabar. Birinchi davra “Qo'qon-1912” ga qarshi o'yinda 3 ta o'yinga chetlatilgan Sanjar Rashidov “Olmaliq”qa qarshi bahsda jamoaga yordam bera oladi.
Ikki jamoalar o'rtasidagi o'yin vaqti malum. Yoshlar ligasi bahsi 18 avgust kuni soat 17:30da bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi esa 19 avgust kuni soat 19:00 da OKMK sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Olmaliq (Olmaliq) – So'g'diyona (Jizzax)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.
“So'g'diyona” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar