"So'g'diyona": Barchani Olmaliqqa taklif etamiz!

Narzulla Saydullayev
22 noya 2015, 11:39
25 noyabr kuni soat 14:00 da boshlanadigan So'g'diyona - Oqtepa jamoalari o'rtasidagi qiziqarli bahsga barcha futbol muxlislarini taklif etamiz.

Oqtepa va So'g'diyona uchun hali mavsum yakuniga yetmadi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng Oliy ligada 16-jamoa yoki kelasi mavsumda birinchi ligada ishtirok etadigan jamoa nomi ma'lum bo'ladi. O'yinning ahamiyati va muhimligiga e'tibor qiladigan bo'lsak, uchrashuvning anchayin qiziqarli o'tishi ehtimoli yuqori.

Futbolga befarq bo'lmagan barcha muxlislarni 25 noyabr kuni Olmaliq stadioniga chorlab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz