So'g'diyona: Barcha OAV xodimlarini taqdimot marosimiga taklif etamiz
01 mar 2016 14:09
Yangiliklar


So'g'diyona: Barcha OAV xodimlarini taqdimot marosimiga taklif etamiz
So'g'diyona yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazadi.
Yangi mavsum oldidan jamoamiz tarkibi bir qator tajribali futbolchilar bilan to'ldirildi. 2016 yil 3 mart kuni soat 16:00 da So'g'diyona markaziy stadioni media markazida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkaziladi. Unda jamoa rahbariyati, murabbiylari , futbolchilari ishtirok etishadi. Taqdimot marosimidan so'ng murabbiylar va futbolchilar ishtirokida fotosessiya o'tkaziladi. So'ngra, jamoamiz mashg'ulotlarga kirishadi. Ushbu tadbirlarda qatnashish istagida bo'lgan OAV xodimlarini So'g'diyona markaziy stadioniga taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar