So’nggi yangiliklar

13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  0 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  9 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2

"So'g'diyona" - AGMK uchrashuvi prevyusi: Tarozi pallasi qaysi jamoa tomoniga og'adi? Yangiliklar

"So'g'diyona" - AGMK uchrashuvi prevyusi: Tarozi pallasi qaysi jamoa tomoniga og'adi?

Teglar :  "So'g'diyona"AGMK
AGMK matbuot xizmati bugungi bo'ladigan "So'g'diyona"ga qarshi o'yin oldidan prevyuni taqdim etdi.

— Mazkur jamoalar to'qnashuvlari tarixiga etibor qaratsak, bo'lajak o'yin "So'g'diyona" - AGMK o'rtasidagi 22-uchrashuvga aylanadi. Qizig'i, qayd etilgan natijalar ko'rsatkichi teng. O'tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g'alaba qozongan va xuddi shuncha yutuq "So'g'diyona" hisobida ham bor. Qolgan 5 o'yinda esa durang qayd etilgan. Hozircha mazkur jamoalar qarama-qarshiligida tarozi pallasi teng turibdi. To'plar nisbati ko'rsatkichi esa jamoamiz foydasida: 35-30.


Raqib haqida

— Ayni paytda "So'g'diyona" 27 ochko to'plagan holda turnir jadvalining yuqori beshligini yakunlab turibdi. Joriy mavsum jizzaxliklar 8 g'alaba, 3 durang va 6 mag'lubiyat qayd etishgan. Jizzaxda o'tgan o'yinlarda esa "So'g'diyona" 2 mag'lubiyat va 1 durang o'ynagan. Qolgan bahslarda jizzaxliklar g'alaba nashidasini surishgan. Baqoev jamoasi o'z uyida "Paxtakor"ga yutqazdi va "Qo'qon-1912" bilan durang qayd etgandi. Joriy mavsumdagi o'z uyidagi ilk mag'lubiyatni esa jamoa Lushan boshchiligida "Surxon"ga qarshi bellashuvda tan olishga majbur bo'lgandi.

Jizzaxliklar o'z uyidagi 9 uchrashuvda raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg'ol etishgan. SHu bilan birgalikda "So'g'diyona" o'z uyidagi o'yinlarda jami 10 marotaba to'p o'tkazib yuborgan. 

Jizzaxliklarning joriy mavsumdagi asosiy futbolchisi SHohruz Norxonov sanaladi. Norxonov hisobida 7ta gol mavjud va bu borada futbolchi jamoasining to'purari bo'lib turibdi.

Birinchi davrani AGMKda o'tkazgan Jasur Hasanov va himoyachi SHerzod Fayziev mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "So'g'diyona"da o'tkazmoqda.


Tayyorgarlik haqida

— Jamoamiz kuni kecha Qibraydagi asosiy o'yingohda "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Mashg'ulotlar odatdagidek qiziqarli va alo kayfiyatda o'tdi. Pavel Bugalo darvozabonlarni maxsus dastur asosida shug'ullantirgan bo'lsa, Marat Axmerov va Xayrulla Karimov futbolchilarni chigalyozdi mashg'ulotlarini olib borishdi. Hikmat Ergashev va Aleksandr Volkov Mirjalol Qosimovga futbolchilarga taktik qo'llanmalar hamda o'ylangan kombinacion jarayonni ishlashda ko'maklashishdi. Kecha esa Jizzaxga etib kelgan AGMK o'yin bo'ladigan stadionda uchrashuv oldidan o'zining rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Zafar Polvonov tezroq jarohatdan forig' bo'lib, safga qaytish uchun alohida dastur asosida shug'ullanmoqda. SHuningdek, kichik jarohati bois umumiy guruhdan chetda qolgan Bobur Yuldoshev asosan engil mashg'ulotlar bilan cheklandi. Qayd etish kerakki, Bobur Yuldoshev Jizzaxdagi o'yinni sariq kartochkalari soni to'rttaga etgani bois diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. Zafar Polvonov esa jarohati tufayli mazkur bellashuvda jamoamizga ko'maklasha olmaydi.


Malumot o'rnida: AGMK turnir jadvalida 16 ochko to'plab 11-o'rinni band etmoqda. Ehtimoliy g'alaba jamoamizni jadvalga ikki pog'onaga tepaga ko'tarilish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

Jizzaxdagi o'yinni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur hakam joriy mavsum hisobidan ilk marotaba AGMK ishtirokidagi bahsda ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Superliganing 18-turi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi bahs Jizzaxdagi "Markaziy" stadionda 27 avgust kuni soat 19:15da boshlanadi.


Superliga, 18-tur.

SO'G'DIYONA – AGMK

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Doniyor Saylavov, Timur Galeev, Olim To'ychiboev

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика