"So'g'diyona" 7 o'yinlik g'alabasiz seriyaga chek qo'ydi
31 okt 2015 11:32
Yangiliklar
"So'g'diyona" 7 o'yinlik g'alabasiz seriyaga chek qo'ydi
Kecha oliy liganing 28-turida "So'g'diyona" klubi o'z uyida "Olmaliq"ni qabul qildi.
O'yinda Sanjar Rashidov tomonidan urilgan gol Jizzax klubiga g'alaba keltirdi. SHu tariqa, Davron Fayziev shogirdlari 7 o'yin davom etgan g'alabasiz seriyadan keyin g'alabaga erishishdi.
"So'g'diyona" bundan oldin so'nggi bor Bekobodda "Metallurg"ni mag'lub etgandi. SHundan keyingi 7ta o'yinda bitta durang va 6ta mag'lubiyat qayd etildi. Ushbu mavsumda eng uzun g'alabasiz seriya "Buxoro"ga tegishli. Ushbu jamoa ketma-ket 14ta tur davomida g'alaba nashidasini sura olmagandi.
Malumot uchun, "So'g'diyona" 28ta o'yindan 23 ochko to'plab musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar