“So'g'diyona” 2019 yilgi mavsum oldidan 11 nafar yangi futbolchini tanishtirdi, yana bir futbolchi endi keladi
07 mar 2019 13:24
Yangiliklar


“So'g'diyona” 2019 yilgi mavsum oldidan 11 nafar yangi futbolchini tanishtirdi, yana bir futbolchi endi keladi
Bugun “So'g'diyona” markaziy stadionida “So'g'diyona” jamoasining yangi futbolchilarining tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Unda Jizzax viloyat futbol federaciya rahbarlari, klub xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Yangi kelgan futbolchilarni quyidagi raqamli futbolkalar topshirildi:
Iskandar SHoyqulov - 3
Kaxi Maxaradze - 5
Jamshid Boltaboev - 14
Murod Rajabov - 15
Dostonbek Toshmatov - 17
Muhammadali Yuldashev - 23
Javohir Sohibov - 25
Davronbek Umirov - 28
Dian Talxatov - 32
Durbek Kamolov - 70
Daniel Nasriddinov - 77
Qirg'izistonlik legioner SHerzod SHakirov ham yangi mavsumni "So'g'diyona" safida o'tkazadi. U bugun malum sabablarga ko'ra tanishtiruv marosimiga kela olmadi. Himoyachi Jizzax klubi tarkibida 18-raqamda o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar