“Sochi”ga atributlar etkazib beruvchi kompaniya nega klub bilan kelishuvni bekor qildi?
21 iyu 2020 20:20
Yangiliklar


“Sochi”ga atributlar etkazib beruvchi kompaniya nega klub bilan kelishuvni bekor qildi?
Bu “Sochi” – “Rostov” bahsi bilan bog'liq.
“Sochi”ga maxsus kiyim va buyurtma asosida atributlar etkazib beruvchi ULTRA STUFF kompaniyasi rahbariyati klub bilan kelishuvni bekor qilgani to'g'risida bayonot berdi.
“Sochi” bilan hamkorlik natijasida qancha foyda olishimizga qaramay, ular bilan endi ishlamaymiz. Mazkur “futbol klubidan” farqli ravishda, moddiy boylikdan ancha yuqorida turuvchi qadr-qimmat va g'urur tushunchalarini saqlab qolganmiz.
Biz “Sochi”ning “Rostov” bilan o'yinni qoldirishni istamagani va maydonda “go'daklarni mazax” qilgandek, maktab tarbiyalnuvchilariga urgan gollarini xuddi CHempionlar Ligasida jahon grandiga urgan kabi nishonlashganini noto'g'ri deb hisoblaymiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar