So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Sobirxo'jaev: “Paxtakor”ning asosiy raqibi jamoaning o'zi” Yangiliklar

Sobirxo'jaev: “Paxtakor”ning asosiy raqibi jamoaning o'zi”

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin (3:2), mezbonlar yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Dinamo” 12 yil deganda “Paxtakor” darvozasiga 2 ta gol urdi. 

- Buni bilmas ekanman. Endi chempionatda oson o'yinlar qolgani yo'q. “Dinamo” ham Superligada qolishga harakat qilmoqda. Boydullaev, Grigalashvili, Mahmudxo'jaevlar keldi. 2-davrada ular ko'plab jamoalarga qiyinchilik tug'diradi deb o'ylayman.

- Murabbiy almashganidan keyin qanday o'zgarishlar bo'ldi deb o'ylaysiz? SHackix xohlayotgan futbol qanday?

- Albatta, hamma murabbiy futbolga har xil qaraydi. SHackix intensiv va oldinga o'tishga qaratilgan futbolni xohlamoqda: paslar kamroq, oldinga ochilgan o'yinchilarga uzatmalar, hujumni zarba bilan yakunlash.

- Uzoq yil Odil Hamrobekov bilan birga maydonga markazida o'ynadingiz. Hozir esa Aliboev yoningizda, Odil esa orqaroqda harakat qilmoqda. Qaysi variant sizga qulayroq?

- Endi Aliboev men kabi hujumga ko'proq etibor qaratadigan futbolchi. Hozir o'yinchilar kamligi tufayli, u tayanch zonasida o'ynamoqda. Bu poziciya Hamrobekovga xos deb o'ylayman. Yangi himoyachi keldi, bugun maydonga chiqmadi va keyingi o'yinlarda Odil tayanchda o'ynasa kerak.

- Turnir jadvalining yuqori qismida zichlik yuzaga kelgan. Har bir o'yin qizg'in tus olmoqda. SHu kabi O'zbekiston chempionatida 6-7 ta jamoa kurashgan mavsumni eslay olasizmi?

- Bunaqasi esimda emas-ku, ammo oxirgi marta shu kabi holat 2018 yil bo'lgan. “Lokomotiv” va “Paxtakor” oxirgi turlargacha kurashgan. “Navbahor” ham boshida oltitalikka bo'lingandan keyin peshqadamlar qatorida turgan, ammo keyin pastga tushib ketgandi. Asosan ikkita jamoa edi, ammo 3-4 tasi kurashganini eslolmayman.

- Bu yil amaldagi chempionlikni saqlab qolishga intilmoqdasiz. Eng xavfli raqib sifatida kimni ko'rasiz?

- Asosiy raqib – “Paxtakor”ning o'zi. Agar o'z o'yinimizni namoyish etsak, “Nasaf” va “Navbahor”ni ham yutishga qodirmiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика