So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  4 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Sobir Usmonxo'jaev: “Jamoa o'yinga tayyor!” Yangiliklar

Sobir Usmonxo'jaev: “Jamoa o'yinga tayyor!”

Bugun O'zbekistonda mavsum yakunlanadi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan oliy ligaga o'tish o'yinidan keyin 2015 yilgi futbol mavsumiga rasman yakun yasaladi.

Bugun O'zbekistonda mavsum yakunlanadi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan oliy ligaga o'tish o'yinidan keyin 2015 yilgi futbol mavsumiga rasman yakun yasaladi. Xabaringiz bor, o'tish o'yinida oliy ligada mavsumni 15-pog'onada yakunlagan “So'g'diyona” va birinchi ligani ikkinchi o'rinda tugatgan “Oq-tepa” jamoalari kuch sinashadi. Uchrashuvdagi g'alaba oliy liga chiptasini taqdim qilgani bois, o'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Bellashuvni finalga qiyoslasa bo'laveradi. Qolaversa, birinchi liga jamoasini oliy liga klubiga qanchalik qarshilik ko'rsatishi ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Har holda “Oq-tepa” so'nggi yillarda quyida o'z nomiga va o'z o'rniga ega bo'lib ulgurdi. Biz jamoa o'yinga qanchalik tayyor ekanligini bilish maqsadida “Oq-tepa”ning etakchi o'yinchisi Sobir Usmonxo'jaev bilan suhbatlashdik.

- Jamoa sardori sifatida aytingchi, “Oq-tepa” o'yinga qanchalik tayyor! 

- Mashg'ulotlarda ishlayapmiz, ter to'kyapmiz. Hammaning maqsadi bitta: o'tish o'yinida g'alaba qozonib, oliy ligaga chiqmoqchimiz. Bundan boshqacha bo'lishi mumkin ham emas!

- Istaysizmi-yo'qmi, birinchi liga bilan oliy ligani orasida farq bor. Jismoniy tayyorgarlik pand bermasmikan?

- Nega pand beradi? Biz mavsum davomida O'zbekiston Kubogi bahslarida oliy liga klublariga qarshi maydonga tushdik. O'sha bahslarni yodga oling. Qolaversa, qishda oliy liga klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ham o'ynagandik. Hech qaysi bahsda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha raqibdan qolishganimiz yo'q. Hammasi o'zimizga bog'liq.

- Mavsumning so'nggi o'yinlarida omadsizlikka uchrab, peshqadamlikni topshirganlaring futbolchilarning ruhiyatiga salbiy tasir qilmadimi?

- Balki! Buni inkor qila olmayman. So'nggi turda qo'ldagi chiptani asosiy raqibga topshirish har qanday kishining ruhiyatiga tasir qiladi. Lekin hozir hammaning etibori o'tish o'yiniga qaratilgan va jamoadagi barcha futbolchilar g'alaba haqida o'ylayapti. 

- O'tish o'yinida “Oq-tepa”ga “So'g'diyona” raqiblik qilayotgani yaxshimi yoki yomon?

- Bizga raqibning umuman ahamiyati yo'q. Qaysi jamoaga qarshi o'ynashimizdan qatiy nazar maydonda g'alaba uchun harakat qilamiz. Hozir so'nggi turda ikkinchi o'ringa tushib qolganimizning alamidan ham o'tish o'yinida faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. 

- Jamoa mavsum davomida suniy qoplamali maydonda o'ynab keldi. O'tish o'yini tabiiy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi. Bu jamoaning o'yiniga tasir qilmaydimi?

- Albatta suniy va tabiiy maydonlarning farqi va ularning plyus-minuslari bo'ladi. Biz yil davomida nafaqat suniy, balki tabiiy maydonlarda ham o'ynadik. Agar o'tish o'yinini suniy maydonda o'tkazganimizda bu bizning foydamizga xizmat qilardi, lekin tabiiy maydon ziyonimizga ishlaydi, deb o'ylamayman. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика