Sobir Hamidov: "Murabbiylarimiz ko'rsatmalarini to'liq bajardik"
15 avg 2016 08:29
Yangiliklar
Sobir Hamidov: "Murabbiylarimiz ko'rsatmalarini to'liq bajardik"
O'zbekiston chempionati 18-tur doirasidagi ”Andijon”– “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin “Qo'qon-1912” jamoasi yarim himoyachisi Sobir Hamidovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Biz judayam muhim o'yinda g'alaba qozondik. Andijonga qarshi o'yinga bir hafta tayyorlandik. Murabbiylarimiz raqibni yaxshi o'rgandilar va shunga yarasha bizni o'yinga tayyorlashdi. Bugun bosh murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarganimiz va maydonda hamjihatlikda harakat qilganimiz evaziga g'alaba qozondik. Barcha muxlislarimizga bizni qo'llab turganlari uchun rahmat aytaman. Keyingi o'yinlarda ham ularni xursand qilish uchun harakat qilamiz – deydi Sobir Hamidov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar