Sneyder "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi bilan kelishuvga erishdi
05 jan 2018 15:45
Yangiliklar
Sneyder "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi bilan kelishuvga erishdi
"Nicca" yarim himoyachisi Uesli Sneyder faoliyatini Qatar Yulduzlar ligasida davom ettirishi mumkin.
Gollandiyalik futbolchi Qatar chempioni "Al-Garafa" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "TurkSports" nashri xabar bermoqda. "Ayaks", "Real", "Inter" kabi klublarda to'p tepgan 33 yoshli futbolchi qatarliklar bilan 2019 yilgacha belgilangan shartnoma borasida kelishib olishdi.
"Al-Garafa" "Paxtakor"ning Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichidagi raqibi hisoblanadi. "SHerlar" 30 yanvar kuni Qatar chempioniga qarshi bahs o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar