Smolling ushbu mavsum yakunlanganidan keyin kelajagi borasida qaror chiqaradi
15 may 2020 19:55
Yangiliklar
Smolling ushbu mavsum yakunlanganidan keyin kelajagi borasida qaror chiqaradi
"Mail On Sunday" nashri xabariga ko'ra, "Roma" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Kris Smolling kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
30 yoshli angliyalik futbolchi hozirda bu borada qaror qabul qila olmayapti. Rimliklarning asosiy himoyachisiga aylanib ulgurgan Krisni "Roma" yozda 16 mln evro evaziga sotib olishga tayyor bo'lib turibdi. Kris esa mavsum yakunlanishini kutmoqda.
Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Yuventus", "Inter", "Arsenal" kabi klublar tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.
Ushbu mavsumda Kris A Seriyaning 21 o'yinida 2 gol va 1 assist amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar