Smolling "Roma"ning yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi
16 okt 2020 15:17
Yangiliklar


Smolling "Roma"ning yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi
"Roma" himoyachisi Kris Smolling katta ehtimol bilan A Seriyaning 4-tur doirasidagi "Benevento"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Futbolchining chap oyog'ida muammolar bor. Jarohat jiddiy emas, ammo rimliklar katta ehtimol bilan futbolchini xavfga qo'yishmaydi va tavakkal qilishmaydi.
SHunday ekan Smollingning maydonga qaytishi kechikadi. Angliyalik futbolchi joriy mavsumda hali maydonga tushmadi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" - "Benevento" o'yini 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar