Smolling derbidagi tanaffusda Joze Mourino futbolchilarga nimalar deganini aytdi
08 apr 2018 13:18
Yangiliklar


Smolling derbidagi tanaffusda Joze Mourino futbolchilarga nimalar deganini aytdi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling derbidagi g'alaba haqida gapirdi.
"Birinchi bo'lim biz uchun juda yomon o'tdi. Biz o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik.
Mourino tanaffusda nimalar dedi? U bizni masxaraboz sifatida ko'rishni istamayotganini, "Siti" bizni mag'lub etib, ko'z oldimizda chempionlikni nishonlayotganini ko'rish barcha "Yunayted" azolari uchun qiyin bo'lishini aytdi.
SHu boisdan biz bir bo'lib, mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvimizni o'tkazdik va g'alabaga erishdik", - dedi Smolling.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar