So’nggi yangiliklar

19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  0 19:35Суперлига. "Насаф" – "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  0 19:10Суперлига. “Қўқон-1912” — ОКМК 1:2 (матнли трансляция)  30 19:04Суперлига. "Пахтакор" – "Бухоро". Таркиблар маълум  10 18:56Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Хитойга имкониятни бой берди  1 18:45"Эл Класико" трансляцияси устида 500 дан ортиқ мутахассис ишлайди  6 18:30"Нефтчи" "Андижон"ни ишончли ҳисобда ютган дербидан ГАЛЕРЕЯ  2 18:20АПЛ. "Саутгемптон" – "Манчестер Сити" ва бошқа учрашувлар таркиби маълум  20 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1 17:21Абрамов "Динамо"ни тарихий рекорд сари етакламоқда  6 17:04"Бухоро" 29 йиллик нохуш анъанасига чек қўядими?  2 16:38"Бруну Фернандеш сотилмайди". Рубен Аморим — "Ал Ҳилол"нинг қизиқиши ҳақида  2 16:10Камолиддин Мурзоев "Насаф" - "Бунёдкор" учрашуви олдидан нима деди?  3 15:48"Бизга учта ғалаба керак ва жамоамиз ЕЧЛда бўлади" — Пеп Гвардиола  7

Evro-2024. Serbiya so'nggi soniyada mag'lubiyatdan qutilib qoldi va keyingi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi Yangiliklar

Evro-2024. Serbiya so'nggi soniyada mag'lubiyatdan qutilib qoldi va keyingi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi

Evropa chempionatining 2-turidan o'rin olgan Sloveniya va Serbiya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Evro-2024
2-tur
Gruppa "C"
Sloveniya – Serbiya 1:1
Gollar: 1:0 – 69 Karnichnik, 1:1 – 90+5 Yovich.

20 iyun, "Alyanc-Arena"

Sloveniya – Oblak, Stoyanovich (Verbich, 76), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja, Gnezda-CHerin, Elshnik (Brekalo, 90), SHporar, SHeshko (Vipotnik, 76), Mlakar (Gorenc-Stankovich, 64).

Serbiya – Raykovich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Gachinovich, 46), Lukich (Milinkovich-Savich, 64), Ilich, Jivkovich (Birmanchevich, 82), Tadich (Samardjich, 82), Mitrovich, Vlaxovich (Yovich, 64).

Ogohlantirish:  
Mladenovich (25), Lukich (54), Yanja (87), Yovich (90+2), Gachinovich (90+3), Vipotnik (90+4).


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI.

90+5. GOOOL. Yovich uchrashuvning so'nggi soniyalarida hisobni tenglashtirmoqda

Hakam 2-bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

87. Ogohlantirish: Erik Yirka vaqt cho'zgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi

86. Ivan Ilich raqibdan ajoyib tarzda o'tib ketdi va uzatmada biroz shoshdi. Buning natijasida uning uzatmasida juda noaniq chiqdi

83. Lazar Samardjichning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

82. O'zgarish: Andriya Jivkovich va Dushan Tadich maydoni tark etdi, ularning o'rniga Lazar Samardjich va Velko Birmanchevich tushdi

79. Jan Karnichnikning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

76. O'zgarish: Benyamin SHeshko va Petar Stoyanovich maydoni tark etdi, ularning o'rniga Jan Vipotnik va Benyamin Verbich maydonga tushdi

72. Mitrovich yana bir imkoniyatdn foydalana olmadi. Uning zarbasi ustunga tegmoqda

69. GOOOL. Jan Karnichnik hisobni ochmoqda. Bu gol Sloveniyani muddatdan avval pley-offga olib chiqishi mumkin

64. O'zgarish: Dushan Vlaxovich va Sasha Lukich maydoni tark etdi, ularning o'rniga Sergey Milinkovich-Savich va Luka Yovich maydonga tushdi

58. SHeshko uzoq masofadan ajoyib zarba yo'lladi, Raykovichdan super seyv

54. Ogohlantirish: Sasha Lukich ogohlantirildi

51. Mitrovichning zarbasiga aniqlik etishmadi

50. Ikkinchi bo'limda serblar hujumlarni ko'paytirishdi. Sal qolsa sloveniyaliklar o'z darvozasini nishonga olishi mumkin edi

47. Tadich Mitrovichni birga bir chiqardi, biroq Aleksandr ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

42. Mitrovichning zarbasini darvozabon qaytardi. Birinchi bo'lim so'nggida bahs qizimoqda

39. Ogohlantirish: Erik Yirka Vlahovichga qarshi qo'polik qildi va ogohlantirildi

38. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyatni sloveniyaliklar yaratishdi. Timi Elshnikning zarbasi to'cinga tegdi, qaytgan to'pni esa SHeshko bo'sh darvozaga joylay olmadi

31. Serbiyada navbatdagi imkoniyat. Biroq Mitrovich o'z imkoniyatidan foydalana olmadi

27. Serbiyaning ilk vaziyati. Qanotdan uzatilgan to'pni Vlahovich boshi bilan zarba yo'lladi. Oblak o'z o'rnida

25. Ogohlantirish: Uchrashuvdagi ilk ogohlantirishni Filip Mladenovich oldi

23. Burchak zarbasidan so'ng uzatilgan to'pni Petkovich ushlab oldi.

21. Sloveniyaning hujumlar soni va sifati ortib bormoqda. Serbiyaliklar qiyinchilik bilan to'plarni qaytarishmoqda. Hozircha ucharshuvning eng yaxshilaridan biri aynan serblar darvozaboni bo'lib turibdi

15. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarda favorit hisoblangan Serbiya faqat himoyalanmoqda. Ustunlik to'liq Sloveniyada

13. Yan Mlakar yaxshi imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin edi, Raykovich yana yaxshi harakat qildi

8. Yan Mlakar darvozabon bilan deyarli birga bir chiqdi va zarba yo'lladi, serblar darvozaboni qiyinchilik bilan to'pni burchakka chiqarib yubordi

4. Adam Gnezda-CHerinning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика