So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  20 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

Sloveniya qahramoni Srechko Katanecning faoliyatiga nazar Yangiliklar

Sloveniya qahramoni Srechko Katanecning faoliyatiga nazar

O'zbekiston milliy terma jamoasida sloveniyalik Srechko Katanec ish boshlashi kutilmoqda.

Srechko Katanec - 1963 yil 16 iyul kuni sobiq Yugoslaviyaning Lyublyana shahrida tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyatini "Lyublyana" klubida boshlagan. 1981-1988 yil oralig'ida "Olimpiya", "Dinamo" va "Partizan" klublarida faoliyat olib borgan. 1988 yilda "SHtutgart"ga ko'chib o'tgan va bir mavsum o'ynagan. Ushbu klub safida UEFA Kubogi finaliga chiqqan. Keyingi yil Italiyaning "Sampdoriya" klubiga o'tgan va bu jamoa safida Italiya chempioni bo'lgan, kubogi va Superkubogi sohibiag aylangan. SHu bilan birga Kubok egalari kubogi g'olibi bo'lgan. 1991/1992 yilgi mavsumda Katanec "Sampdoriya" bilan birga Evropa CHempionlar kubogiining so'nggi finalida ishtirok etgan va unda "Barselona"ga imkoniyat boy berilgan - 0:1. U 1983-1990 yillarda Yugoslaviya terma jamoasi safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. 1994 yilda Sloveniya terma jamoasi tarkibida 5ta uchrashuvda 1ta gol urgan.




Futbolchilikni tugatgach, 1996 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan va dastlabki Sloveniya U-21 terma jamoasida ishlagan. Keyinroq mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan va 2000 yil Sloveniyani o'z tarixida ilk bor Evropa chempionatiga olib chiqqan. Ikki yildan so'ng aynan Katanec qo'l ostida Sloveniya o'z tarixida birinchi marta Jahon chempionatiga chiqqan! Mundialda uchala o'yinda yutqazgach Katanec istefoga chiqarilgan.

Keyinroq murabbiy Greciyada "Olimpiakos"ni boshqardi, 2006-2009 yillarda Makedoniya milliy terma jamoasida ishladi. 2009 yilda Srechko Osiyo qitasiga keldi va BAA milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Arablar bilan Qatardagi Osiyo kubogi final bosqichiga chiqqan Katanec 2011 yil kuziga qadar shu erda ishladi. Aynan OK-2011 saralashida Katanec ilk bor O'zbekiston terma jamoasi bilan to'qnash kelgan. Toshkentda Katanec boshchiligidagi BAA so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga zafar quchgan - 1:0. Bu haqda saytimizda alohida maqola ham yozilgan edi.




BAAdan ketgach qahramonimiz yana Sloveniya terma jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Biroq birinchi safargidek ajoyib natijalar qayd etilmadi. Sloveniya JCH-2014ga ham, Evro-2016ga ham chiqa olmadi. Katanec 2017 yil so'nggida terma jamoani tark etdi va 2018 yil sentyabr oyigacha ishsiz yurdi.

4 sentyabr kuni Katanec Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va 2021 yil iyul oyiga qadar shu erda ishladi. Iroq ushbu murabbiy qo'l ostida Osiyo Kubogida nimchorak finalga chiqdi va bo'lajak chempion Qatarga yutqazib qo'ygan - 0:1.




JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichida Iroq 8ta o'yinda 17 ochko to'plab hal qiluvchi bosqichga yo'l oldi. Biroq moliyaviy muammolar sabab shartnoma bekor qilindi. Katanec Iroq xalqiga maktub yo'lladi va barchasini malum qildi.

"Vaziyatdan hammangiz xabardorsiz. O'tgan besh-olti oydan beri maosh olmasdan ishlab keldim va bu vaqt oralig'ida menga hech kim hech narsa demadi. Natijada men shartnomani buzishga qaror qildim. Aslida shartnomani buzgan men emas, balki Iroq futbol federaciyasi, chunki vaziyat meni shunday yo'l tutishga majbur qildi. Federaciya o'zaro shartnomani hurmat qilmadi", - deb yozgan Katanec o'z xatida.




Iroqlik jurnalist Hassanin Mubarakning yozishicha, federaciya ataylab sloveniyalik murabbiyni ketkazish maqsadida besh oy maosh bermagan. Bunga sabab Srechko Katanecning nihoyatda talabchanligi hamda sal narsaga federaciya rahbarlari bilan tortishuvchanligi bo'lgan. Tabiiyki bu narsa rahbarlarga yoqmagan va ular tezroq murabbiydan qutulish payida bo'lgan.





Endi Srechko Katanec O'zbekiston terma jamoasida ishlaydi. Uning oldidagi dastlabki vazifa Osiyo Kubogiga yo'llanma olish. Agar barchasi muvaffaqiyatli kechsa xuddi Sloveniya kabi O'zbekistonni ham o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqish ham Katanec uchun oliy maqsad bo'ladi.



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика