Slot "Liverpul"ga slovakiyalik himoyachini olib kelishi mumkin
10 fev 2025 14:25
Yangiliklar
Slot "Liverpul"ga slovakiyalik himoyachini olib kelishi mumkin
"Liverpul" tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
"Caught Offside" xabariga ko'ra, mersisaydliklar "Feyenoord" himoyachisi David Xankoni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Qizillar" 27 yoshli slovakiyalikni shu yozda safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot David Xankoni "Feyenoord"da birga bo'lgan vaqtlaridan beri juda yaxshi biladi. Transfermarkt portali slovakiyalik futbolchini 35 mln evroga baholamoqda.
David Xanko 2024/2025 yilgi mavsum 31 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va jamoadoshlariga 4 ta golli uzatmani oshirib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar