Slavko Lukich Toshkentda
25 jan 2021 11:05
Yangiliklar


Slavko Lukich Toshkentda
Yurtimizdagi “Nasaf” va “Navbahor” klublaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan serbiyalik futbolchi kuni-kecha yana Toshkentga keldi
O'ng qanot himoyasi va yarim himoyasida birdek o'ynay oladigan Slavko Lukich hozirda o'ziga taklif bilan chiqayotgan jamoalar bilan muzokara olib bormoqda.
Lukichga dastlab PRO-Liga vakili “Buxoro” taklif yuborib, O'zbekistonga qaytishini bildirgandi. Ammo Lukich Toshkentga kelgach, unga Superliga klublaridan ham chorlovlar bo'la boshladi. Championat.asia malumotiga ko'ra, Slavkoga “Bunyodkor” va “Andijon” jamoalaridan moddiy tomondan qulayroq takliflar bo'lgan. SHu bois serbiyalik futbolchi hozir bir to'xtamga kelishga shoshilayotgani yo'q.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar