Slavche Voyneski matbuot anjumanida rus, turk, ingliz tillarida gaplashdi, o'zbek tilini ham o'rganmoqchiligini aytdi
24 may 2022 00:54
Yangiliklar
Slavche Voyneski matbuot anjumanida rus, turk, ingliz tillarida gaplashdi, o'zbek tilini ham o'rganmoqchiligini aytdi
- Biz uchun ruxan og'ir o'yin edi. CHunki so'nggi ikki o'yinda qo'shimcha daqiqalarda ochkolarni boy berdik. O'yinni yaxshi boshladik, to'p bilan bo'ldik va ko'proq hujumlar qildik. Ikkinchi bo'lim esa og'ir o'tdi. "Lokomotiv" oldinga o'ynadi, yaxshi bosim o'tkazdi. Biz esa to'pni o'zimizda saqlashga harakat qildik. Ikkinchi goldan keyin ikkala jamoa vakillarida ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi, biroq ular golga aylanmadi. Bizning salbiy tarafimiz ham shu, vaziyatlarni golga aylantira olmaymiz. Turg'unboev va Erkinov termaga nomzod futbolchilar, ular bunday vaziyatlardan foydalanishi kerak. Keyingi o'yinlar uchun bu vaziyatlar borasida ishlaymiz. SHuningdek, bugungi o'yin uchun mehmondo'stlik va yaratib berilgan sharoitlar uchun "Lokomotiv" futbol klubi ishchi-xodimlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman.
- OCHL o'yinlaridan keyin "Paxtakor" 4 durangdan so'ng ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. O'tgan omadsizliklardan keyin Sizning jamoadan ketishingiz ham mumkinmidi?
- Yaxshi savol. "Paxtakor" hali bu borada umuman murojaat qilgani yo'q. Bizda shartnoma bor. Murabbiylik juda oson kasb - natija qilsang qolasan, yutqazsang ketasan. Faqatgina mardlarcha ketish kerak. Bu erga o'z muhrimni qo'yishga kelganman.
- O'zbek futboliga kelganingizga 5 oydan oshdi. Bu erga kelganingizdan oldingi taassurotlar o'zini oqladimi?
- O'zbekistonga kelishimdan oldin ko'p narsalarni bilmasdim. "Paxtakor"ni oz-moz eshitganman, boshqa jamoalarni bilmasdim. Ikki-uch oyda bir necha jamoalarni o'rganib, ko'rib chiqdim. Balki yana 2-3 oydan keyin tiniqroq fikr ayta olarman. Agarda o'zbek futboli haqida o'z fikrimni aytadigan bo'lsam, O'zbekistondan ketishim kerak bo'ladi.
- Doston Hamdamovning "Paxtakor"da ko'rinish bergani haqida.
- Doston Hamdamov "Paxtakor"ning futbolchisi. Qatar jamoasidan ijaradan qaytib keldi va bizning dastur bo'yicha ikkinchi davraga tayyorlanmoqda. U terma jamoada ham o'ynaydi. Balki Katanec uni chaqirmas, biroq odatda uni doimo termada ko'ramiz. SHu sababli uning keyingi o'yinlarda yaxshi holatda bo'lishini istaymiz.
- Olimpiya terma jamoasiga futbolchi berishingiz jamoaning o'yinlari taqvimiga ham tasir qildi.
- SHunday deyishim mumkin. Terma jamoada 15 yil ishladim, bu borada tajriba katta. Klublar termalar uchun ishlashi, doimo qo'llab-quvvatlashi kerak. CHunki termalar doimo davlatning yuzi bo'lib kelgan. Doimo ular uchun futbolchilarni yuqori darajada ushlab tura olish kerak. Saudiya Arabistonida juda tig'iz taqvimda o'yinlar o'tkazdik. Bizga bu oson bo'lmadi. "Sepaxon" OCHLda o'yinlar o'tkazganidan keyin mamlakatida 10 kun dam olib, keyinchalik chempionat o'yinlariga kirishdi. Biz esa may oyida har uch kunda o'ynayapmiz. Terma uchun bu normal holat. Ularni qo'llab-quvvatlaymiz.
- "Paxtakor" Slavche Voyneski imzosida o'ynamoqdami?
- Hozircha yo'q. Biz hali nimanidir o'zgartiradigan darajada ko'p mehnat qila olmayapmiz. Bunga vaqt kerak. Buning uchun avvalo futbolchilarning o'zligini o'zgartirish kerak. Ikkinchidan klubdagi ko'p narsalarni o'zgartirish kerak. O'tmishni unutish uchun vaqt kerak bo'ladi. Yangi uslubga o'tish uchun avvalo yangicha yo'llarni tanlash, ularni qabul qila olish muhim. Klubda nimalarnidir o'zgartirish oson ish emas. Jamoani ilk marta Antaliyada ko'rganimdan beri ulardagi jihatlarni o'zgartirishga harakat qilyapman. Agarda to'liq jamoa bilan bo'lgan kunlarimni hisoblasam, bu 55-60 kunni tashkil qilsa kerak. Bu rost. Fevraldan may oyiga qadar to'liq jamoa bilan nari borsa 60 kun mashg'ulot o'tkazdim. SHu kunlar ichida o'z imzoni ko'rsata olish oson bo'lmaydi. Yosh futbolchilarimizda ham iqtdor juda yuqori. Garchi o'ynamasa ham ularni OCHL o'yinlariga olib borishga harakat qildik, ular OCHLni ko'rishi, ichidagi atmosferani his qilishi, ko'rishi kerak. Ularni shunday yo'llar orqali ham saqlab qolish mumkin. Tajribali futbolchilar esa bu yo'lda yoshlarga o'z tajribalarini o'rtoqlashadi.
- Ularni yarim professional deb hisoblaysizmi?
- Ular hali rivojlanish jarayonida. Ular har kuni ishlashi kerak. Erkinov hali ko'p narsalarni o'rganishi, darajasini oshirishi kerak. Bu jarayon. Fayzullaev, Xolmatov kabi futbolchilarni asosiy jamoa bilan shug'ullantirib, o'yinlarga qo'yyapmiz. Ular ham jarayonda. Ular bu yoshda professional darajada bo'la olmaydi. SHaxzod Azmiddinov OCHLda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ha, xatolar qilgandi. Keyinchalik chempionatda so'nggi 10 daqiqada maydonga tushirdim. Bitta noto'g'ri pasdan keyin o'zining boshini o'zi olib tashladi. Professionallar bunday bo'lmaydi, yoshlar shu sababli to'liq professional emas. Ularni ko'mib qo'ymaslik kerak.
- Yaxshi o'yin uchun rahmat. "Paxtakor"ga kelgan xorijlik murabbiylar o'zbek tilini o'rganishni istashini aytgandi.
- Maydonda tarjimonsiz, ruscha gaplashaman. Ruscha, turkcha, aralash o'zbekcha ham ayta olaman. Matbuot anjumanida ruscha ham gaplashishim mumkin.
- Tarjimoningizning futbolni tushunish darajasi Siz kabimi?
- Menimcha, mendan ham yuqori (kuladi). Futbolning tili bir xil. Futbolchilar bilan futbol tilida gaplashaman. (Turkchada) Turkchani ham bilaman. Lekin o'zbekchani bilmayman. Biroq o'rganish niyatim bor.
Fikrlar