Sky Sports: Keller "SHalke-04" bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi
07 okt 2014 12:20
Yangiliklar
Sky Sports: Keller "SHalke-04" bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi
"SHalke-04" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Yens Kellerni istefoga chiqardi, deb xabar bermoqda "Sky Sports News HD".
Klub o'tgan turda 43 yoshli mutaxassis qo'l ostida "Xoffenxaym-1899"ga mag'lubiyatga uchradi (1:2) va jamoa ayni damda bundesligada 11-o'rinda bormoqda.
CHempionlar ligasi G guruhida "SHalke-04" ikki turdan keyin ikki ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti.
Fikrlar