Sky Sport Germany: Rafinya Bavariyaga o'tishi mumkin
06 iyu 2023 08:52
Yangiliklar
Sky Sport Germany: Rafinya Bavariyaga o'tishi mumkin
“Barselona” hujumchisi Rafinya “Bavariya”ga o'tishi mumkin.
Sky Sport Germany xabariga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchining o'yini myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxelga yoqadi. “Barselona” argentinalik hujumchi Lionel Messini qo'lga kiritish uchun klubdagi futbolchilarning maoshlarini qisqartirishi kerak.
2022/23 yilgi mavsumda Rafinya kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Braziliyalik futbolchi o'tgan yozda “Barsa”ga o'tgan edi. Yarim himoyachining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 50 million evroga baholanmoqda
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar