Sky Sport Deutschland: “Bavariya” Tuxelga shartnoma taklif qildi
17 dek 2019 00:39
Yangiliklar
Sky Sport Deutschland: “Bavariya” Tuxelga shartnoma taklif qildi
PSJ bosh murabbiyi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Deutschland xabariga ko'ra, “Bavariya” ushbu mutaxassisni o'z safiga chorlamoqchi. Myunxen klubi murabbiyga uzoq yillik shartnoma taklif qilib, yozda va hattoki qish oyidayoq uni jamoaga taklif etish niyatida.
“Bavariya” Niko Kovachni istefoga chiqarishi bilan Tuxel vakillari bilan aloqaga chiqqan. Germaniyalik murabbiyning PSJ bilan 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasi mavjud. Agar jamoa ECHL bahslaridan kutilganidan ertaroq tark etmasa, parijliklarning Tuxel bilan shartnomani bekor qilish ehtimoli judayam kam. “Bavariya” esa aksincha, unga uzoq yillik shartnoma taklif qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar