Skoulz: "Bavariya" hozir ancha kuchaydi"
27 noy 2015 18:14
Yangiliklar
Skoulz: "Bavariya" hozir ancha kuchaydi"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz ayni damda qaysi jamoa Evropada eng kuchli ekanligin borasida fikr bildirdi.
"Bavariya"ni "Barselona"ga juda yaqin kelgan jamoa deb bilaman, ammo "Barsa" o'tgan mavsumda ularni er tishlatdi. Hozir "Bavariya" ancha kuchaydi: Ular o'zini juda yaxshi ko'rsatayotgan Duglas Kostani taklif qilishdi. O'tgan yili ularda Robben va Riberi yo'q edi, hozir Robben safda. Agar bu yil ham ushbu jamoalar to'qnash kelsa, juda qiziq bahs bo'lar edi, ammo men "Barselona" g'alaba qozonadi deb o'ylayman.
Hozir "Barsa" va "Bavariya" qolgan klublardan ancha ilgarilab ketdi. "Real" ularga yaqinroq bo'lishi mumkin, ammo juda yaqin keladigani yo'q" - deydi Skoulz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar