Skaloni: "Millimetrli ofsaydlar... Biz taslim bo'lmaymiz"
22 noy 2022 20:27
Yangiliklar


Skaloni: "Millimetrli ofsaydlar... Biz taslim bo'lmaymiz"
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2022 1-turi doirasida Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Saudiya Arabistoni qanday o'ynashini bilgandik. Ularning chuqur himoyada o'ynashini bilgan holda tayyorlangandik. Ofsaydlar millimetrli darajada bo'ldi.
Oldimizda yana ikki o'yin bor. Mag'lub bo'ldik, ammo taslim bo'lmaymiz", - dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvda sloveniyalik bosh hakam Slavko Vinchich uchta golni bekor qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar