Skaloni: "Maydon holati achinarli edi"

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 13:27
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Kolumbiyaga qarshi o'yin o'tkazilgan stadionning maysasidan mamnun bo'lmadi.

"Dastlabki 20 daqiqada biz yaxshi o'ynadik, ammo keyinchalik to'pni yo'qotishni boshladik. Ikkinchi bo'limda esa yana o'yin nazoratini o'z qo'limizga oldik. Biroq ular qarshi hujumlardan unumli foydalanib ketishdi. Bu birinchi o'yinimiz. Ammo bugun maydonning maysasi achinarli ahvolda edi. Maydonlar shu tarzda bo'lsa, keyingi ikki o'yinimiz qanday o'tishini tasavvur ham qilish qiyin", - dedi Skaloni.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express