Skaloni Argentina terma jamoasida qoladi
28 dek 2022 21:56
Yangiliklar


Skaloni Argentina terma jamoasida qoladi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o'z lavozimida qoladi. Bu haqda Argentina futbol associaciyasi prezidenti Klaudio Tapiya malum qildi.
“Skaloni — Argentina terma jamoasi murabbiyi. U ham menga o'xshab o'z so'zining ustidan chiquvchi odam hisoblanadi. Biz barchasini og'zaki tarzda kelishib oldik”, - dedi Tapiya.
Eslatib o'tamiz, Skalonining Argentina futbol associaciyasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning oxirigacha amal qiladi. Uning qo'l ostida jamoa Amerika kubogini qo'lga kiritdi va jahon chempioniga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar