“Siz “Qo'qon-1912da o'ynashni istaysizmi?” musobaqasi yakunlandi
14 dek 2014 11:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/154858_original.jpg)
![](/upload/storage/154858_220.jpg)
“Siz “Qo'qon-1912da o'ynashni istaysizmi?” musobaqasi yakunlandi
Kuchlilar safiga qaytgan “Qo'qon-1912” kelasi yil yoshlar ligasida ishtirok etadigan jamoasiga iqtidorli futbolchilarni saralash maqsadida kichik turnir tashkil etdi.
1996-98 yillarda tavallud topgan o'yinchilar ishtirokida o'tgan musobaqa kecha yakunlandi.
Kunning birinchi yarmida yarim final o'yinlari tashkil etildi.
“Qo'qon-1912” – “Spartak” 4:0
“AOZK” – “Parvoz” 2:0
SHundan so'ng final yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalarning o'zaro kelishuviga binoan turnir g'olibligi uchun kurash ham tushlikdan so'ng o'tkazildi.
“Qo'qon-1912” – “AOZK” 1:0
Abduqahhor O'ktamovning yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. SHu tariqa Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” jamoasi turnir g'olibi bo'ldi. Katta extimol bilan kelasi yil yoshlar jamoasini ham aynan Nizomiddinov boshqaradi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar