So’nggi yangiliklar

23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  5 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  11 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  5 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  13 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  1 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2

Siz kutgan intervyu: Superliganing 5-tur qaxramoni Mo'min Meliev “Mashal”ning zarariga ishlagan gol haqida nima deydi? Yangiliklar

Siz kutgan intervyu: Superliganing 5-tur qaxramoni Mo'min Meliev “Mashal”ning zarariga ishlagan gol haqida nima deydi?

Bu yilgi Coca-Cola Superligasi har yilgidanda qiziqarli voqealarga boy tarzda o'tmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ayniqsa har bir turda hakamlar trendga chiqayotgani ko'plab munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Xususan chempionatning navbatdagi turida ham muxlislar ajoyib voqeaga guvoh bo'ldi. Yani Muborakda kechgan “Mashal” – “Qo'qon-1912” uchrashuvida kiritilgan dastlabki gol ijtimoiy tarmoqlarda o'ziga xos shov-shuv uyg'otdi. O'yinning 52-daqiqasida Mo'min Meliev mezbonlar jarima maydonchasida darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p to'rning kattaligidan tashqaridan darvoza ichiga kirib ketdi. Buni xattoki qanot hakami Ruslan Serazetdinov ham o'z vaqtida payqay olmadi va gol bo'lganini bildirib, markaz tomon yurish qildi. Keyinchalik ushbu vaziyatga oydinlik kiritildi va to'p xaqiqatdan ham darvozaning tashqarisidan to'rning katta ekanligi sababli, darvozaga kirib ketgani aniqlandi. Ammo endi hisobni o'zgartirib bo'lmaydi va bu tarixga kirdi. Qizig'i, ushbu vaziyat qaxramoni Mo'min Meliev “Qo'qon-1912” jamoasiga bu yil aynan “Mashal” jamoasidan borib qo'shilgandi. O'yindan keyin Meliev bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 

- Mo'min, avvalo jamoangizning g'alabasi bilan tabriklaymiz. Bugun “Mashal”ga qarshi Muborakda ilk bor rasmiy uchrashuvingizni o'tkazdingiz. Taassurotlar qanday?
- Tabrik uchun rahmat. Nima desam bo'ladi? Bu erda to'rt yil faoliyat olib bordim. Muborak ikkinchi uyimga aylanib qolgandi bu vaqtlar davomida. Jamoadagilarni yaxshi bilaman. SHuningdek ular ham meni yaqindan taniydi. “Mashal” men uchun qadrdon jamoaga aylangan. To'g'ri aytib o'tdingiz, Muborakda birinchi marotaba “Mashal”ga qarshi o'ynashim edi. O'yindan oldin murabbiylar agarda meni maydonga tushirsa, bor kuchim bilan o'ynab professional futbolchi sifatida amaldagi jamoaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shishni o'ylagandim. Kutganimdek bo'lib chiqdi va men boshlang'ich tarkibdan o'rin oldim. G'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimni ishga solishga urindim. Safarda g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. 

- Uchrashuvda sizning hisobingizga yozilgan gol futbol jamoatchiligi orasida o'ziga yarasha munozaralarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda o'zingiz qanday munosabatdasiz?
- Haligacha telefonim tinmayapti. Meni tanigan va bilgan insonlar nimaga unaqa bo'ldi deya so'rashmoqda. Bilasizmi o'sha vaziyatda hammasi sekundda hal bo'ldi. Raqib jarima maydoni ichida darvoza tomon zarba yo'lladim va keyin qarasam to'p darvozaning ichidan joy olmoqda. Garchi vaziyatga yaqin turgan bo'lsamda, toza gol bo'ldi deb ishona boshladim va golni nishonlashga kirishib ketdik. Qanot hakami ham gol bo'lganini qayd etdi. Alloxga qasamki, to'pni tashqaridan to'rni teshigi kattaligidan yorib kirib ketganini bilganim yo'q. Aks xolda bosh hakamga borib aytgan bo'lardim. Har bir hujumchi maydonga gol uraman deb chiqadi. Men ham jarima maydoni ichida yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanish maqsadida darvoza tomon zarba yo'lladim. Hammasi Yaratgandan deb bilaman. Voqealar rivoji bunday bo'ladi deb xayolimga ham keltirmaganman. 

- O'yindan keyin ushbu vaziyatni o'zingiz ham ko'rgan bo'lsangiz kerak?
- Ha ko'rdim. Aytyapmanku, men atayin bunday qilganim yo'q. O'g'il bola gapim, agar to'pni darvoza tashqarisidan kirib ketganini aniq ko'rib, xis qilganimda hakamga aytgan bo'lardim. Men o'z vazifamni bajardim. Hakam esa buni gol deya baholadi. VAR bo'lganida vaziyatni qayta ko'rib chiqish imkoni bo'lardi. O'yindan keyin to'pni darvozaning tashqi tomonidan to'rning kattaligi uchun kirib ketgani bo'yicha video chiqibdi. To'rning katakchasi katta bo'lishi mening aybim emas. “Mashal”da to'rt yil o'ynagan bo'lsam, bu maydonda juda ko'p mashg'ulot o'tkazganman. Ilgari sira bunday xolat yuz bermagandi. Endi 100 marotaba shunaqa vaziyat bo'lsa ham bunaqasi qayd etilmasa kerak deb o'ylayman. 

- “Mashal”ning sobiq futbolchisi sifatida siz bilan bunday xolat yuz bergani sobiq jamoadoshlaringizni oldida xijolatga qo'yishi tabiiy. Fikrimizga qo'shilsangiz kerak?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, “Mashal” klubining har bir azosi, avtobus haydovchisidan to qorovuligacha men uchun qadrdon insonlardir. Jamoadagilarga hamisha xurmatim baland bo'lgan. O'yindagi birinchi gol tasodif. Men ayyorlik ishlatib, to'pni atayin qo'lim bilan darvozaga kiritib yuborganim yo'q. Yoki simulyaciya ishlatib, penalti ishlab gol urganim yo'q. Uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqdagi guruhimizda “Mashal”dagi futbolchilar nohaq gol urding, hakamga aytmading degan manoda etiroz bildirishdi. Men esa ularga o'sha vaziyatda nima uchun butun jamoa bo'lib, hakamga etiroz bildirishmaganini va golni tezda tan olishmasdan fikrini vaziyatning qaynoq paytida bildirishi kerakligini tushuntirishga urindim. 

- Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Baxtiyor Ashurmatov sizning o'yiningizga 5 baho qo'yishini takidlab o'tdi. SHaxsan o'zingiz ko'rsatgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Futbolchi hech qachon o'z o'yinidan to'liq qoniqish xosil qilmasa kerak. Men ham qaerdadir xatoga yo'l qo'ygan bo'lishim mumkin. Yana qaerdadir aniq xarakat qilgandirman. Futbolchining bazida o'yini qovushadi. Bazida esa omad yuz o'giradi. Asosiysi jamoa bugun g'alaba qozondi va bundan xursanman. 

- Endi mavzuni biroz o'zgartirsak. Bu yil “Qo'qon-1912”ga yangi kelib qo'shildingiz. Jamoaga kirishib ketish jarayoni tugagandir?
- Xudoga shukur, yangi jamoamda meni hamma narsa qoniqtirmoqda. Ko'z tegmasin jamoamiz juda ahil. Hamma bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Sodda, mexnatkash yigitlar yig'ilgan. Muzaffar Abdullaev va Murod Xolmuhammedov bilan ilgari “So'g'diyona”da birga o'ynaganmiz. Bundan tashqari qolgan yigitlar bilan ham oldindan tanish edik. Futbolchilar o'rtasida ham o'zaro xurmat yuqori o'rinda turadi. Aynan ushbu omillar sababli ham jamoaga ko'nikib ketishim oson kechdi. Nasib qilsa bu yil medallar uchun astoydil kurashamiz. 

- Medallar uchun kurash oson kechmasligi aniq...
- To'g'ri, Superligada medallarga ega chiqish uchun bir nechta klublar kurashishi kutilmoqda. Lekin “Qo'qon-1912”ning imkoniyatini ham yuqori baholayman. CHunki aytib o'tganimdek, tarkibimiz yomon emas. Har bir o'yinga faqat g'alaba qozonish niyatida astoydil chiqyapmiz. Nasib qilsa mavsum yakunida hammasi biz uchun ijobiy yakun topadi. 

- Baxtiyor Ashurmatov bilan ishlash qanday bo'lmoqda?
- Jamoaga Baxtiyor Azamovichning taklifiga binoan kelganman. Rosti ushbu murabbiy bilan birga ishlayotganimdan xursanman. Qo'l ostidagi har futbolchini ko'ngliga yo'l topa oladi. SHogirdlarini har doim qo'llab-quvvatlaydi va ishonadi. O'yinlar chog'ida jangavorlikni talab qiladi. 

- Bu yilgi mavsumda o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?
- Avvalo muxlislar va murabbiylarning ishonchini qozonishga xarakat qilaman. Maydonga chiqib, bor kuchim bilan o'ynab jamoamga foyda keltirishni istayman. Hujumchi sifatida gollarim soni ko'proq bo'lishi uchun astoydil intilaman.


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика